Jahon | 20:51 / 02.06.2018
8421
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada mahalliy avtomobillar ishlab chiqaruvchi ilk kompaniya tashkil etildi  

Foto: Getty Images

Turkiyada ilk mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchi Türkiye'nin Otomobili Girişim Grubu Sanayi ve Ticaret AŞ kompaniyasi tashkil etildi.   

Kompaniya Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tashabbusi bilan tashkil etildi.  

Kompaniya Anadolu Grubu, BMC, Kök Grubu, Turkcell va Zorlu Holding kompaniyalarining birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan Turkiya fan, sanoat va texnologiyalar vazirligi hamda Savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi ko‘magida tashkil etilgan.

Kompaniyaga tajribali tadbirkor Mexmet Qoratosh rahbar etib tayinlangan.

Bundan tashqari, Turkiyada mahalliy avtomobilni loyihalashtirish ishlari boshlangan. Ilk prototipni 2019 yilda chiqarish rejalashtirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid