Bu voqealar özbek migrant ayollarining xorijda xavfli şaroitlarda qolayotgani, ularni himoya qiliş tizimidagi kamçiliklar yuzasidan savollarni vujudga keltiradi. Kun.uz Turkiyadagi Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati, Migratsiya agentligi, Oila va xotin-qizlar qömitasi va marhumalarning yaqinlarini şu savollar atrofida bir joyga töpladi.
«Farzandim öqisin deb ketadi»
Turkiyadagi Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati rahbari Ozoda Islomova migratsiyaga ketgan ayollarning aksariyati tirikçilik taşvişida ketayotganini ta’kidladi.
“Özbek ayollarimiz asosan öşa iqtisodiy qiyinçilik tufayli, oilaviy şaroiti tufayli, yaxşi hayotni orzu qilgani uçun, farzandlarni öqitiş uçun, töy-haşam qiliş uçun, uy oliş uçun Özbekistondan bu yerga kelişadi. Ayollarimiz bilan, köpçiligi bilan har doimgi suhbatlarimiz natijasi şuni körsatadiki, bizning özbek ayollarimiz hammasi mehnatsevar ayollar. Işdan qoçmaydi, yaxşi hayotimiz bölsin deydi, farzandimga çiroyli bir hayot, kelajakni ta’minlaylik deydi va şu sabab ular Özbekistondan bu yerga keladi. Öqitaylik deydi, farzandlarini öqitiş uçun kontraktini tölaş maqsadida keladi”, deydi u.
«Singlim avtobusdan tuşganidan keyin yöqoldi»
Afsuski muammolar davom etyapti, jizzaxlik Dilnoza Şaymanova Turkiyada bedarak yöqolgan. Ayni paytda uni topiş maqsadida Turkiyada bölib turgan singlisi gapirib berdi.
“Singlim Şaymanova Dilnoza işlaş maqsadida Turkiyaga keldi. Anqara şahrida bir kampirga qarab işladi bir oy. Bir oyda bu uyda muammo bölgani uçun qaytişga majbur böldi. Qaytib ketayotganda avtobusda qaytdi Istanbulga. Avtobusdan tuşgandan keyin “koronavirusga analiz topşiraman, undan keyin bilet olaman, qaytaman” degandan keyin yöq böldi. Yöq bölib, törtinçi kuni telefon qilyapti soat ikkilarda Turkiyaning vaqti bilan. Dengizning yonida köryapman uni. Dengizning yonida qandaydir bir qörquv bilan turibdi. Atrofni körsat desam körsatmadi. Şundan telefoni öçdi, boşqa gaplaşmadik. Telefon qildik boşqa bir odam, bir ayol kişi kötarib bizni qörqitdi, bu bizdan qarz deb har xil gaplar gapirdi bizga. Şundan beri singlim dom-daraksiz yöq, topolmayapmiz. Sizlardan iltimos, şu topib berişingizni sörab iltimos qilib keldim”, deydi Dilnozaning singlisi.
Bir oyda uç fojia
Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati rahbari Ozoda Islomovaning ta’kidlaşiça, 2026 yilning dastlabki oylarida kuzatilgan holatlar hatto tajribali huquq himoyaçilarini ham larzaga solgan. E’tiborlisi, qurbonlarning hayot tarzi ham, Turkiyaga keliş maqsadlari ham turliça bölgan:
“Bunaqa murojaatlar juda ham köp. Ammo 2026 yil boşidan juda ham mana şunaqa bizni xafa qiladigan, hammamizning qalbimiz oğrigan fojiali voqealar birin-ketin bölgani, ya’ni bir oyning içida insonlarning ölimi bilan boğliq uçta eng oğir fojia yuz berdi. Bularni körganimizda birisi, masalan, bu yerda doimiy yaşab turgan Dilfuza Çölliyeva işlagani kelgan, bir yil davomida bu yerda işlagan. Sayyora qizimiz faqatgina bu yerda ma’lum bir muddat uçun kelgan. Özining pulini oliş maqsadida kelgan. Ya’ni uçalasi uçta voqea: birisi yaşab turgan, birisi bu yerda işlaş uçun kelgan, birisi sayohat, ya’ni uç oy davomida öz maqsadlari uçun kelişgan. Dilfuza Çölliyevani ham farzandlari bilan gaplaşganda "bizning oilamizda ya’ni uy oliş maqsadida çiqib ketgandilar oyim va Özbekistonda uy qilamiz, joy qilamiz deb ketgandilar" deyapti. Sayyoraxonni ham ikkita farzandi Özbekistonda, oilasi Özbekistonda, ota-onasi hajda bölgan paytda kelyapti bu qizimiz. Bu xavf-xatarda yolğiz özini çorasini köra olaman deb közlab kelgan qizlarimizda bölyapti bu voqealar. Albatta, agar ular ijtimoiy yordam olişlarini bilişsa edi, şunaqa bir markazlar bor, konsulliklarimiz bor, migratsiya vakilliklari bor, vazirliklarimiz bor, Xotin-qizlar qömitasi bor, kimga qayerga murojaat qilişni bilganida edi bu qizlarimiz, balkim bunday oğir vaziyatlarga duç kelmasdi”.
Oila va xotin-qizlar qömitasi vakili Nigora Latipovaning ta’kidlaşiça, ular vatanga tekinga qaytariladi.
“Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati bilan biz muntazam ravişda aloqada bölamiz va öşa oğir ahvolga tuşib qolgan ayollar bizga xohlagan paytlarida qönğiroq qilişadi yoki yozma ravişda ariza topşirib murojaat qilişadi va ularning murojaatlarini biz tegişli tarzda öşa mutasaddi vazirlik idoralari bilan örganamiz. Bundan taşqari, öşa xotin-qizlar xoh mehnat migranti bölsin, xoh mehnat migranti bölmasin, u ayolmi va uning bolasi oğir ijtimoiy vaziyatga tuşdimi xorijda, ularning qaytiş istagida bölganligini öşa elçixona vakillariga yoki mutasaddi vazirliklarga yoki Xotin-qizlar qömitasiga bildirsa, biz ularning holatlarini örganamiz va ularni tekinga, ya’ni ikki kunga ham bormasdan iloji boriça tezroq biletlarni xarid qilib olib, vatanga qaytariş çoralarini köramiz. Bu ham ayollarimizga befarq emaslik, ayollarimiz taşlab qöyilmaganligining yaqqol misoli”.
«Muammo Turkiyada emas, Özbekistonda boşlanyapti»
Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati rahbari Ozoda Islomova:
“5 yildan beri Turkiyada mana şu jamiyatimiz qoşida 10 mingdan ziyod ayollarimizni eng oğir vaziyatlardagi holatlari bilan yuzma-yuz böldik. Ularni eşitdik, tingladik, kerakli taşkilotlar bilan boğlanib muammosining yeçimini topişga harakat qilyapmiz. Har payşanba qabulimiz bor. Qabulimizda kelgan vatandoşlarimiz bilan yuzma-yuz bölganda ulardan kelib çiqqan muammolarning tahliliga köra bizni bugun mana şu jamiyatimizdagi vatandoşlarimiz, ya’ni çet elga çiqqan vatandoşlarimizning muammolarini albatta Özbekistondagi davlat vakillari bilan çambarças ravişda olib borilgan bir mexanizm kerak deb öylayman. Çunki biz bu yerda muammo bölib ötgandan keyin yeçimini qilişni harakat qilyapmiz. Ammo u yoqdan kelişdan oldin qanaqa muammo bor va nimaga Özbekistondan çiqib ketyapti? Qanaqa muammo böldiki çiqib ketyapti va qaysi muammoni hal qiliş uçun çiqib ketyapti? Biz buni avvalo özaro bir mexanizmini işlab topişimiz kerak va bu uçun men öylayman, hurmatli Saida Şavkatovnaning özlarining nazoratlari ostida bölsa biz nafaqat Turkiya, butun dunyodagi migratsiya ayollarimiz uçun juda çiroyli bir ham sxema, ham mexanizm qila olamiz deb öylayman. Çunki bugun bizga Isroildan turib vatandoşlarimiz murojaat qilyapti, Meksikaning çegarasida qolgan özbek ayol vatandoşlarimiz murojaat qilyapti, Rossiyadagi özbek ayollarimiz murojaat qilyapti. Biz bu murojaatlarni örgangan holatda davlat vakolatli organlari bilan aloqaga çiqyapmiz. Ammo bizning öşa kuçli davlatimizni haqiqatan şu mexanizmni özlari agar qöllab-quvvatlasalar butun dunyodagi özbek ayollarimizni yolğiz qoldirmaymiz. Barçasi davlatning himoyasida ekanligini bildira olamiz. Yaqinda özbekistonlik bir ayolimizning Turkiya ommaviy axborot vositalaridagi çiqişini hamma kördi va bu ayolimizning öşa yerda yolğiz qolgan holatini körişdi. Öşa studiyadan nohaq ayblov bilan olib qamoqxonaga olib borildi, 20 kundan ziyod qamoqxonada uşlaşdi. Ammo advokatlarimiz bilan birgalikda berilgan şikoyat arizalarimiz orqali şu ayolni qamoqxonadan çiqardik. Ammo sudi hali davom etyapti. Sudi davom etgandan keyin undan çiqqan hukmga köra nima bölişini endi köramiz. Çunki hozir Özbekistonga ketaman desa ham ketiş izni yöq, ruxsati yöq. Şuning uçun biz bu holatlar bilan nafaqat öşa bitta vatandoşimiz, balki minglab ayollarimizni himoya qiliş masalasini köryapmiz”.
Migratsiya agentligi: «Özbekiston öz fuqarosini taşlab qöymaydi»
Migratsiya agentligi axborot xizmati mutaxassisi Gulruh Tulayeva:
”Xorijda işlamoqçi bölgan ayollar nimalarga e’tibor bersin dedingiz. E’tibor beradigan jihatlar juda ham köp. Agar xorijda işlaş istaklari bölsa, albatta öşa davlatda qonuniy maqomda bölişni birinçi öringa qöyişlari kerak. Ikkinçidan, har bitta yurgan yölimizda yaqinlarimizga lokatsiya taşlab yurişni unutmaylik, bu oddiy hayotiy qonuniyat. Çunki biz xorijdamiz, agar qandaydir jinoyat bölsa ham jinoyat işini, izini oçişda bu juda muhim omil hisoblanadi. Har bir yurgan yölida qayerga ketyapsiz, qanday maşinaga çiqdingiz, kim bilan körişgani, nima maqsadda ketyapsiz yaqinlaringizga telegram orqali aytib ötişingiz kerak buni va lokatsiyalarni ham albatta taşlab yuriş kerak. Çunki u begona yurt, begona odamlar. Vaholanki bu holat özimizning hamyurtlarimiz bilan jinoyat sodir bölyapti. Yuqorida Dilafruz Çölliyevani opalari ham aytib ötdi "kontrakt asosida kelganman, mening huquqlarim bu yerda himoyalangan, suğurtam, hamma narsam bor" dedilar. Bu mana taşkillaştirilgan migratsiyaning qançalik töğri ekanligini körsatib turibdi. Iloji boriça taşkillaştirilgan migratsiyani tanlaganimiz muhim. Siz aytib ötdingiz "bu qiyin bölgani uçun odamlar yakka tartibda ketadi" deb, töğri, qiyin, lekin töğri yöl, qonuniy yöl, rasmiy yöl har doim qiyin bölgan. Sababi barça bosqiçlarni bosib ötgan odam huquqlari ham himoyalanganligini biladi, töğri yöldaligini, qayerda işlayotganini, kim bilan körişişini, neçagaça işda-yu, neçadan keyin uyda bölişi hammasi aniq böladi. Kontraktida ham aniq yozilgan böladi. Yuqoridagi vaziyatlarda ayollarimiz bittalari turist viza bilan borişgan, bittalari ança yildan beri ana şu yerda yaşaşyapti, bittalari vaqtinça mehnat faoliyatini olib borişgan. Lekin barçasi ham Özbekiston fuqarosi. Bu masalada xoh u yakka tartibda ketdimi, xoh taşkillaştirilgan tartibda ketdimi – Özbekiston öz fuqarosini heç qaçon taşlab qöymaydi oğir vaziyatda. Xoh u zöravonlikka uçradimi, majburiy mehnatga uçradimi, huquqlari poymol bölyaptimi, mehnat munosabatlari töğri yölga qöyilmayaptimi 1282 qisqa raqam orqali Migratsiya agentligiga yoki "Huquqiy yordam uz bot" telegram boti orqali Migratsiya agentligiga 24 ga 7 murojaat qilişsin. Biz ularga bölib turgan davlatlarda buzilayotgan mehnat munosabatlariga oid huquqlari buzilsa, 3 yarim ming dollargaça advokatlik yordami beriladi migratsiya jamğarmasi hisobidan. Bu ham muhim ma’lumot. Mazalari qoçib qolgan bölsa bu yerdan doktorlarni yuborgan holatda olib kelinadi. Eng oğir holatlarda ham qaysidir blogerga, qaysidir yaqiningizga "şu masalada yordam ber men olib kelişim kerak jasadini yo boşqasini" degan oğir holatlarda ham faqat Migratsiya agentligiga murojaat qiliş kerak böladi. U migrantmi yoki migrant emasmi, faqat Özbekiston fuqarosi bölsa böldi, xorijda vaqtinça faoliyat olib boryaptimi rasmiymi-norasmiymi qörqiş kerak emas. Özbekiston vatanga qaytaradi öz fuqarosini. Va yagona aytadigan sözimiz bizda iloji boriça ketayotgan davlatlarga taxminan borsam nimadir qilarman deb ketişmasin. Oldin Özbekistondagi şaroit bilan u yerdagi şaroitni yaxşilab örganib çiqsin. Har doim ham çet elda yaxşi oylik böladi degan fikr yöq hozir. Özbekistonda qança topişi mumkin-u, u yerda qança topişi mumkin? Tavakkal qilgani, uyidagilarni taşlab ketgani, u yerda mumkin bölgan qandaydir taxminiy fojialarning oldini olişga bölgan öşa topgan pul şunga arziydimi yöqmi?”
Turkiyadagi sönggi voqealar bir haqiqatni yana bir bor körsatdi: muammo faqat xorijdagi jinoyatlarda emas. Ayollar nega ketyapti? Nega ular xavf-xatarlarga qaramay noma’lum odamlar bilan işlaşga rozi bölyapti? Nega muammo yuz berganda kimga murojaat qilişni bilmaydi? Bu savollarga javob topilmas ekan, Durdona, Sayyora va Dilafruzlar haqidagi xabarlar takrorlaniş xavfi saqlanib qolaveradi.











