Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
O‘zbekiston Hatay viloyatining Arsuz tumanida 24 ta ko‘p qavatli uydan iborat turar joy majmuasini barpo etdi.
Turkiyaning Hatay viloyati, Arsuz tumanida O‘zbekiston mahallasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 2023 yil fevral oyida ushbu hududda vayronkor zilzila sodir bo‘lib, ko‘plab talafotlarni yuzaga keltirgan edi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov, Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Numan Qurtulmush, Hatay viloyati hokimi Mustafo Masatli, Turkiya parlamenti vakillari, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xodimlari hamda mahalliy aholi ishtirok etdi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekiston Hatay viloyatining Arsuz tumanida, O‘rtayer dengizi sohilida 300 dan ziyod xonadon, jami 24 ta ko‘p qavatli uydan iborat turar joy majmuasini barpo etgan. Bu joyda Samarqand, Toshkent nomi bilan ataluvchi ko‘chalar, Buxoro jome masjidi, Shavkat Mirziyoyev nomi bilan ataluvchi xiyobon, O‘zbekiston do‘stlik bog‘i, mahalla oshxonasi, bolalar uchun o‘yingoh va maydonchalar bor.




Tadbirda vayronkor zilzila qardosh turk xalqi uchun og‘ir sinov bo‘lgani, O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib yordamga kelgani, qo‘llab-quvvatlagani alohida ta’kidlandi. Ikki qardosh xalq o‘rtasidagi hamjihatlik, hamkorlik bardavom bo‘lishi, kelajak avlodlarimiz misolida davom etishi qayd etildi. Ochilish marosimida O‘zbekiston san’at ustalari tomonidan bayramona konsert dasturi taqdim etildi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026