Sport | 09:01 / 03.06.2018
14331
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun jahon chempionati to‘pi koinotdan Yerga qaytariladi

Foto: Roskosmos

3 iyunda MKS-54/55 missiyasi ekipaji “Soyuz MS-07” kapsulasida Xalqaro koinot stansiyasidan (XKS) jahon chempionati to‘pi bilan birga Yerga qaytadi. 

Yerga qaytayotgan fazogirlar orasida rossiyalik Anton Shkaplerov ham bor. U XKSga 24 martda fazogir Oleg Artemev tomonidan yetkazilgan to‘pni Yerga olib tushadi. Artemev aytganidek, vaznsizlikda bo‘lgan to‘pdan jahon chempionatining Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi birinchi o‘yinida foydalaniladi.

Yerga qaytayotgan fazogirlar kapsulasi stansiyadan Toshkent vaqti bilan soat 14.16da ajraladi va Yer atmosferasiga soat 17.17da kiradi. Kapsula soat 17.41da Qozog‘istondagi cho‘lga qo‘nishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan kapsula qo‘nish joyiga 4 ta PEM-1 va PEM-2 "Ko‘k qush"  qidiruv-evakuatsiya mashinalari jo‘natilgan. Fazogirlarni qidirish amaliyotida 200ga yaqin harbiy ishtirok etadi. 

Yerga, shuningdek NASA fazogiri Skott Tingl va yapon fazogiri Norishige Kanai ham qaytadi. Yerga qaytayotgan ekipaj XKSda 168 kun o‘tkazdi. Stantsiyada rossiyalik Oleg Artemev, amerikalik fazogirlar Endryu Foystel va Richard Arnold qoladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid