Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yildan so‘ng. Qatar Fors ko‘rfazi davlatlari bilan muloqotga tayyorligini bildirdi
Foto: Anadolu
Qatar Kuvayt tomonidan tashabbus qilingan, Fors ko‘rfazi davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlikni yo‘qotishga qaratilgan istalgan muzokaralarda qatnashishga tayyor. Bu haqda Qatar amiri shayx Tamim Al Taniyning Kuvayt rahbari Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Sabohga yo‘llagan maktubida aytiladi.
Kuvaytning Er-Ray nashri xabariga ko‘ra, maktub Kuvayt amiriga Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon al-Taniy tomonidan taqdim etilgan.
Maktubda Qatarning muloqotga tayyorligi qayd etiladi va Fors ko‘rfazi davlatlari Doha bilan muzokara jarayoni boshlanishi uchun dastlabki shartlarni qo‘ymasligiga umid bildirilgan.
Kuvayt amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh bir necha hafta Fors ko‘rfazi mamlakatlariga yetakchilariga mintaqadagi inqirozga yechim topish yo‘llarini izlash chaqirig‘i bilan chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning iyun oyi boshlarida Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, Yaman va Birlashgan Arab Amirliklari Qatarni mintaqani beqarorlashtirishda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzishgandi.
Ushbu davlatlarning hukumatlariga ko‘ra, Qatar terrorchi guruhlar, jumladan, "Musulmon qardoshlar"ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Mavzuga oid
23:03 / 27.11.2025
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
19:26 / 18.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari Italiyaga yutqazib, jahon chempionatini tark etdi
22:43 / 08.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionatida Irlandiyaga yutqazdi
20:12 / 05.11.2025