Jamiyat | 16:10 / 04.06.2018
5313
2 daqiqa o‘qiladi

2018 yilda Qoraqalpog‘istonda 179 ta nodavlat bog‘cha tashkil etiladi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida ilk nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Mo‘'jizalar uyi” deb nomlangan mazkur uy bog‘cha 25 o‘ringa mo‘ljallangan. Bog‘cha zamonaviy mebel, adabiyot va o‘yinchoqlar bilan ta'minlangan.

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil dekabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida 2018 yilni Qoraqalpog‘istonda “Maktabgacha ta'lim yili” deb belgilash tashabbusini ilgari surgan edi. Shu munosabat bilan joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat-xususiy sheriklik asosida 179 ta nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini ochish belgilangan.

Foto: O‘zsanoatqurilishbank
Foto: O‘zsanoatqurilishbank

Qayd etish kerakki, Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat bog‘chalarni tashkil etish “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga biriktirilgan.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid