Sport | 15:24 / 04.06.2018
8002
2 daqiqa o‘qiladi

Leroy Sane Germaniya terma jamoasining JCh-2018 uchun yakuniy qaydnomasiga kiritilmadi

Foto: Getty Images

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov o‘z jamoasining JCh-2018 uchun yakuniy tarkibini e'lon qildi.

Kengaytirilgan tarkibdan darvozabon Berndt Leno, himoyachi Jonatan Ta, shuningdek, hujumchilar Leroy Sane va Nils Petersen tushirib qoldirilgan.

Manuel Noyyer jamoa sardori etib belgilandi.

Darvozabonlar: Manuel Noyyer («Bavariya»), Mark-Andre ter Stegen («Barselona»), Kevin Trapp («PSJ»);

Himoyachilar: Jyerom Boateng, Mats Hummels, Niklas Zyule, Yozua Kimmix (barchasi – «Bavariya»), Mattias Ginter («Borussiya» Myonxengladbax), Yonas Hektor («Kyoln»), Marvin Plattenhardt («Herta»), Antonio Ryudiger («Chelsi»);

Yarimhmoyachilar: Yulian Brandt («Bayyer»), Yulian Draksler («PSJ»), Ilkay Gundo‘g‘an («Manchester Siti»), Sami Xedira («Yuventus»), Toni Kroos («Real»), Leon Gorettska, Sebastyan Rudi (ikkisi – «Bavariya»), Mesut O‘zil («Arsenal»);

Hujumchilar: Mario Gomes («Shtutgart»), Marko Roys («Borussiya» Dortmund), Tomas Myuller («Bavariya»), Timo Verner («RB Leyptsig»).

JCh-2018 da Germaniya terma jamoasi Meksika, Shvetsiya va Janubiy Koreya bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid