Yurgen Klopp bu haqda 3 iyul kuni MagentaTV telekanali efirida sözlagan.
Bungaça Germaniya terma jamoasi 2026 yilgi jahon çempionatida 1/16 final bosqiçida musobaqani tark etganidan keyin boş murabbiy Yulian Nagelsman lavozimidan ketgan edi. Şundan söng Germaniya futbol ittifoqi (DFB) Klopp bilan muzokaralar ötkaziş niyatida ekanini ma’lum qildi.
Yurgen Klopp 2024 yil örtasida öz xohişiga köra Angliyaning «Liverpul» klubini tark etganidan beri murabbiylik faoliyati bilan şuğullanmagan. 2025 yil yanvaridan buyon u Red Bull kompaniyasining global futbol yönalişi rahbari sifatida işlab kelmoqda.
«Mening Red Bull bilan amaldagi şartnomam bor va men har doim şartnoma böyiça zimmamdagi majburiyatlarga amal qilişga odatlanganman. Biroq muzokaralar ötkazişga qiziqişim bor», — dedi Klopp.
Uning fikriça, Germaniya futboli hozir hal qiluvçi bosqiçga kirgan va mavjud muammolar Yulian Nagelsman şaxsi bilan boğliq emas. Kloppning ta’kidlaşiça, vaziyatni yaxşilaş uçun futbol tizimida köplab asosiy özgarişlarni amalga oşiriş lozim.
59 yoşli murabbiy faoliyati davomida Germaniyaning «Borussiya Dortmund» hamda Angliyaning «Liverpul» klublari bilan mamlakat çempionligi va boşqa milliy sovrinlarni qölga kiritgan. Şuningdek, u «Liverpul» bilan UEFA Çempionlar ligasi hamda FIFA klublar örtasidagi jahon çempionati ğolibi bölgan.
Yulian Nagelsman Germaniya terma jamoasini 2023 yildan boşqarib kelgan. Uning rahbarligida jamoa Yevro-2024 musobaqasida çorak finalgaça yetib borgan va keyinçalik çempion bölgan Ispaniyaga mağlub bölgan edi.
Biroq 2026 yilgi jahon çempionati Germaniya uçun omadsiz keçdi. Terma jamoa 29 iyun kuni Paragvayga qarşi 1/16 final uçraşuvida asosiy va qöşimça vaqtda 1:1 hisobini qayd etgaç, penaltilar seriyasida 3:4 hisobida mağlub bölib, musobaqa bilan xayrlaşdi.








