Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin 6 nafar generalni iste'foga ketkazdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 6 nafar generalni iste'foga ketkazdi.
Putinning bu haqdagi farmoniga ko‘ra, o‘z lavozimidan Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Stepanov, Qrim ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sergey Abisov, Kemerovo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Mamontov, Tergov qo‘mitasining xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Viktor Doljyenko, Qrim favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Sergey Shaxov, ichki ishlar vazirligining moliya-iqtisod siyosati departamenti boshlig‘i Nadejda Romashova ozod qilinganlar.
Avvalroq tergov qo‘mitasi “Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi yong‘in tufayli Kemerovo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Mamontovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atgandi. Tergov versiyasiga ko‘ra, Mamontov 2017-2018 yillarda savdo markazida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshiruvdan o‘tkazmagan. Bundan tashqari, u davlat g‘aznasidan 1,8 mln rubldan ko‘proq mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblanmoqda. Mamontovning o‘zi aybini tan olmayapti.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026