Amal va rahbarlik. Kommunistik davrda bu ikki tuşunça şu qadar ilohiylaştirildiki, mana, oradan önlab yillar ötgan bölsa ham uning yurakni yorar siymosi hamon yaşab kelmoqda. Bugun heç bir soha rahbarga muhtoj emas, bugun taraqqiyot yöli uçun yetakçi zarur. Xonaning törini egallab olib, bölar-bölmasga majlis qilib, stolni muştlaydigan, qöl ostidagi xodimlarning tirnoği ostidan ham kir qidiradigan “soxta imperator”lar, töla işonç bilan aytiş mumkinki, bugungi zamon kişilari emas.

Foto: Dreamstime

Inson bolasi borki, unda hamiyat yaşaydi. U oddiy işçida ham bor, vazirda ham. “Bu oddiy odam, işdan ketişini öylab ham aytganimni qiladi”, qabilida fikr yuritib, xodimlari hamiyatiga tegadigan sözlar bilan ularni haqoratlaş insoniylik fazilatiga yot bölgan holatdir. Fikrimizni KUN.UZ tahririyatiga kelgan maktub bilan tanişgaç, yana davom ettiramiz. 

“Assalomu alaykum KUN.UZ’ning hurmatli ijodkorlari. Men Rossiyada elektrik bölib işlayman. Namangan viloyatining tumanlaridan birida joylaşgan elektr tarmoqlari korxonasida 6 oy işlab, öz xohişim bilan u yerdan böşadim. Mehnat şartnomasini bekor qilişlik töğrisidagi arizamni yozib, xizmat vazifamdan ozod qilinganman.

Bunga sabab iş vaqti soati çegaralanmagan, boz ustiga norasmiy ravişda har kuni 22:00dan keyin majlisbozlik bölardi. Bundan taşqari, bu majlislarda rahbar tomonidan xodimlarga qarata aytiladigan, kurakda turmas haqoratli sözlar, kamsitişlar jon-jondan ötib ketadi. Bu noma'qul sözlar işlagan, işlamagan xodimga qarata aytilaverardi. Tajribasiz rahbarning işning közini bilmasdan, qöl ostidagilarning kasbiga bölgan mehrini, iştiyoqini oşirib, bu bilan samaradorlikka erişiş örniga ularni haqoratlaşiga köz yuma olmadim va işdan böşadim.

Ikki tanişim oliygohni tamomlab, çet elga işlaş uçun ketişmoqçiligini aytişdi. Men ularga diplomlari bölsa, qöllarida hunarlari bor, öz vatanlarida qolib işlaşni maslahat berdim. Ota-ona, yaqinlar yonida bölişga nima yetsin... Mana şularni ularga tuşuntirganday böldim.

Gaplarimga quloq osişib, öz sohalari böyiça hujjatlarini topşirişdi va köp ötmay hududiy MIBga qabul qilinişdi.

Oradan 5-6 oy ötib, eşitdimki, ular ham öz xohişlari bilan işdan böşaşibdi. Ular ham men duç kelgan holatga uçraşgan. Rahbar tomonidan notöğri yölga qöyilgan işlaş tizimi va yuqoridagi majlisbozlik ularning işga bölgan şijoatlarini söndirgan”.

Rahbarning iş rivoji, tartib-intizom uçun jon kuydirişi bor gap. Çunki teparoqdagi rahbarlar undan ham şuni talab qiladi. Ammo xodimga nisbatan töralarça pisandsiz munosabat, uning şaxsiyatiga tegiş, barçaning içida haqorat qiliş “rais buva” zamonasidan qolgan illat hisoblanadi.

Bundan taşqari, bizdagi mehnat bozori juda açinarli ahvolda. Raqobat masalasi deyarli nol. Şu sababdanmi, işçi xodim sökiş eşitsa ham, uni turtkilaşsa ham, qöpol qilib aytganda haftada bir onasini “eslaşsa” ham öz işida yuraveradi. Boriga baraka deydi... Işdan böşasa, yana qayerda iş bor, kim uni quçoq oçib kutib turibdi, heç kim. Juda jahli çiqqani “bor-ye”, deb Rossiyaga yoki boşqa davlatga çiqib ketadi.

Yana bir narsani aytiş örinli. Tan oliş kerakki, bugun jamiyat yangilanmoqda. Yangi qaraşlar, yangi fikrlar bilan yangi avlod kirib kelmoqda. Bugun mana şu avlod orasida rahbarlar ham bor. Ularga nisbatan “rahbar” sözi örniga “yetakçi” sözini işlatgan töğriroq bölardi. Çunki ular xodimlariga töralik qilmaydi, özi örnak bölib, yetakçilik qiladi.

Eskiça öylaydigan va özini osmon qadar sezadigan “qadimiy” rahbarlarga şunçaki açiniş mumkin. Çunki (buni özlari ham his qilib turişibdi) ularning davru davroni nihoyalab qoldi. Davrning özi ulardan yuz ögirmoqda. Ammo ularni deb yana qança işsiz paydo böladi, yana qança özbek çet elga çiqib ketadi, bunisi qoronği.

Sarvar Anvar öğli,

KUN.UZ jurnalisti