Davlat organlari rahbarlari faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash yo‘lga qo‘yiladi
Barcha davlat organlari va tashkilotlariga elektron shaklda, shu jumladan, tegishli mobil ilova orqali murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

Foto: Getty Images
O‘zbekistonda davlat organlari rahbarlari faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilandi.
Farmonga ko‘ra, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat. To‘rtinchi yo‘nalishda qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha bir necha maqsadlar qo‘yilgan.
Xususan, davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya (boshqaruv tamoyili bo‘lib, shaxslarning ijtimoiy kelib chiqishi va moliyaviy holatidan qat’i nazar, davlat boshqaruvida rahbarlik lavozimlarini eng qobiliyatli va munosiblar egallashi zarur, degan mazmunni anglatadi), halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish maqsadida:
➖ davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
➖ Milliy kadrlar zaxirasida rahbarlik lavozimiga nomzodlar soni kamida ming nafarga yetkaziladi;
➖ “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan fuqarolik xizmati tizimini to‘liq ishga tushirish doirasida ushbu tizim bilan 70 dan ortiq davlat organlari qamrab olinishi ta’minlanadi;
➖ davlat fuqarolik xizmatchilarini uzluksiz malaka oshirib borish tizimi bilan qamrab olish darajasi 100 foizga yetkaziladi.
Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlarni qog‘oz shaklida ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilinadi.
Barcha davlat organlari va tashkilotlariga elektron shaklda, shu jumladan, tegishli mobil ilova orqali murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Murojaatlarning kamida 80 foizini mahalliy darajada qanoatlantirish ta’minlanadi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15 / 26.04.2025
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57 / 26.04.2025
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30 / 26.04.2025
-
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi
Sport | 19:27 / 26.04.2025
Mavzuga oid

12:32 / 19.03.2024
O‘zbekistonda davlat organlari rahbarlari KPI asosida mukofotlanadi yoki ishdan bo‘shatiladi

07:56 / 26.12.2023
Davlat organlari va korxonalari rahbarligidagi ayollar ulushi 30 foizga yetkaziladi

08:12 / 06.09.2023
O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvidagi korxonalarning sof daromadi 9 trln so‘mga oshdi

10:34 / 30.08.2023