Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonlik bolalarning yarmi maktabga bormasligi ma'lum qilindi
Foto: Anadolu
Afg‘onistonlik bolalarning 50 foizi ta'lim muassasalariga borish imkoniyatidan mahrumlar. Bunday ma'lumot YUNISEF dokladida keltirilgan.
Dokladda ta'kidlanishicha, bunga asosiy sabablar urush, xavfsizlik sohasidagi yomonlashayotgan holat va nochorlik hisoblanadi.
Afg‘onistonda ta'lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan bolalar soni keskin oshgan. Ta'kidlanishicha, bunday holat 2001 yilda “Tolibon” ustidan g‘alaba qozonilgandan keyin ilk bor kuzatilmoqda.
Hujjatda aytilishicha, Afg‘onistondagi tarang vaziyat, kambag‘allik va boshqa omillar mamlakatdagi 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yarmi, ya'ni 3,7 mln bola maktabga bormasligiga olib kelgan. Ulardan 60 foizi, ya'ni 2,7 mln nafari qizlardir. Bu esa Afg‘onistondagi qizlardan uchdan ikki qismi ta'lim olmasligini anglatadi.
Dokladga ko‘ra, eng og‘ir vaziyat Qandahor, Gilmand, Vardak, Paqtiya, Zabul va Uruzg‘an viloyatlarida yuzaga kelgan. Bu yerda 85 foiz qizlar maktabga bormaydilar.
Doklad mualliflarining fikricha, afg‘on bolalarining maktablarga qatnashining pastligiga ta'sir qiluvchi asosiy salbiy omillardan biri erta turmush qurish hisoblanadi.
Mavzuga oid
10:15
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:34 / 07.04.2026
Kobulda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston ilk muloqoti o‘tkazildi
00:22 / 06.04.2026