O‘zbekiston | 15:31 / 05.06.2018
4824
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ishbilarmonlar uchun yangi platforma tashkil etilmoqda

Foto: Davlat raqobat qo‘mitasi axborot xizmati

Ma'lumki, 2017 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi tashkil etilgan.

Ushbu Markazning vazifalari orasida, xususan, monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda mustahkam ilmiy-metodologik va metodik bazasini yaratishda iqtisodiy fan rolini kuchaytirish, davlat mulkini boshqarish tizimini takomillashtirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishning hozirgi bosqichidagi boshqa vazifalarni hal qilish.

Hozirgi vaqtda Markaz Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi (AMBiT) va O‘zbekiston Respublikasi korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazi bilan hamkorlikda ThinkTankNetWorking formatidagi ALTERNATUS bozorlar va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli platformani yo‘lga qo‘ymoqda.

ThinkTankNetWorking - bu biznesni kengaytirish va rivojlantirish, bozorlarda raqobatni kengaytirishning tizimli muammolarini aniqlash vazifasi bo‘lgan muvaffaqiyatli va yangi tadbirkorlar, turli davlat organlari vakillari va regulyatorlar, tadqiqotchilar va frilanserlarning uchrashuv joyidir. Bu yangi g‘oyalarni yuzaga keltirish va tajriba almashish uchun maydon.

ALTERNATUS bozorlari va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha Platformaning birinchi muhokamasini 2018 yil 9 iyunda o‘tkazish va uni O‘zbekistonda «halol» savdo belgisi ostida tovarlar bozorini rivojlantirish muammolari va imkoniyatlariga bag‘ishlash rejalashtirilmoqda. 

Muhokamalarda davlat korxonalari, o‘rta va yirik biznes, xorijiy elchixonalar va xalqaro tashkilotlar vakillari/rahbarlari ishtirok etishadi. Muhokamalar davomida ishtirokchilar tomonidan O‘zbekistonda «halol» sanoatining rivojlanish istiqbollari va O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari uchun salohiyatli bozor masalalari ko‘rib chiqiladi. 

Mavzuga oid