Keyingi paytda yangi iş örinlari oçilayotgani haqida köp gapirayapmiz. Ommaviy axborot vositalarida qaysidir hududda yangi sex oçilib, minglab yangi iş örinlari yaratilgani, boşqa viloyatda butun bir şaharça iş bilan ta'minlangani yoritilmoqda. Bu juda yaxşi. Inson doimiy iş örniga ega bölgani yaxşi-da! Lekin oylik iş haqi bilan boğliq muammolar ham aksariyat kişini taşvişlantiradi, ayniqsa, kuniga 12–14 soat işlab, arzimas maoş tölaşsa.
Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 153-moddasiga köra, mehnatga haq tölaş miqdori iş beruvçi va işçi örtasida tuzilgan bitimga köra belgilanadi. Bu holatda mehnatga haq tölaş miqdori qonunçilikda belgilanganidan past bölişiga yöl qöyilmaydi va qandaydir yuqori çegara bilan çeklanmaydi.
Ayni vaziyatda, kodeksning 155-moddasiga köra, belgilangan vaqt içida ma'lum bir mehnat me'yorlari va mehnat majburiyatlarini töliq bajargan işçining mehnatiga haq tölaş mehnatga haq tölaşning qonunçilikda belgilangan yagona tarif setkasi birinçi razryadidan kam bölişi mumkin emas.
2017 yilning 1 dekabridan e'tiboran Özbekistonda minimal iş haqi oyiga 172240 sömni taşkil etadi.
Yagona tarif setkasining birinçi razryadi böyiça tarif koeffitsiyenti 2,476 ni taşkil etadi.
Demak, har qanday iş beruvçi oyiga 426466 sömdan kam tölamaslikka majbur.
Aynan yuqorida qayd etilgan me'yorlar köplab işbilarmonlarga inson mehnatidan past qiymatlarda foydalaniş imkoniyatini yaratmoqda.
Masalan, Farğona viloyatida tikuv sexi faoliyat körsatmoqda. U yerda ayollar va erkaklar mehnat qilişadi. Ma'lumotlarga köra, ular kuniga 12–14 soatdan işlaşadi. Iş vaqti şanba va yakşanbani ham qöşib hisoblaganda ertalab soat 8 dan boşlanib, keçqurun soat 9 da tugaydi. Bepul tuşlik beriladi. Oyiga faqat 2 kun dam oliş mumkin.
Oylik maoş 600 ming sömni taşkil etadi.
Yana boşqa misol — oşxona. Yoşi 40dan oşgan ayol har kuni idiş-tovoq yuvadi. Iş şarti — ertalab soat 8 dan keçki soat 5 gaça mehnat qiliş. Bonus — tekin tuşlik. Dam oliş mumkin, faqat öz örniga odam topib, unga iş haqini öz çöntagidan berişi kerak böladi.
Maoş — 500 ming söm.
Qandolat sexi. Qizlar kuniga 12 soatdan işlaşadi. Kun böyi tik oyoqda turib, mahsulot tayyorlaşadi. Yo özlari ovqat pişirişlari yo köçadan xarid qilişlari kerak. Agar dam olişga ehtiyoj tuğilsa oldindan ogohlantiriş kerak, yöqsa qat'iy tarzda çora köriladi — işdan böşatişadi.

















