Germaniyada işsizlik soni sönggi ön yillikda ilk marta 3 milliondan oşdi. Mehnat birjasi 29 avgust kuni bergan ma’lumotga köra, mavsumiy özgarişlarni hisobga olmagan holda umumiy işsizlar soni 3,02 million kişini taşkil etmoqda, bu – ötgan oydagidan 46 mingga köp.
“Işsizlikning oşişi kutilmagan holat emas. Şunga qaramay, raqamlar ösiş va bandlikni ta’minlaş uçun islohotlar qançalik kerakligini körsatyapti”, – deya munosabat bildirdi kansler Fridrix Mers.
Işçi kuçiga talab sekinlaşyapti. Avgust oyida vakant örinlar soni 631 mingta edi, bu bir yil oldingidan 68 mingtaga kam.
Germaniya mehnat vaziri Berbel Basning sözlariga köra, global iqtisodiy noaniqlik va Rossiya Ukrainada boşlagan uruşning ta’sirlari hamon davom etmoqda. U hukumat körayotgan çoralar qatorida fiskal qoidalar yumşatilib, 500 mlrd yevrolik infratuzilma jamğarmasi yaratilganini aytdi.
Bunday katta sarmoya iqtisodiyotni rağbatlantirişi közda tutilgan, lekin iqtisodçilarga köra, bu çoraning samarasi töliq amalda körinişiga bir neça yil vaqt kerak. Mutaxassislar Yevropaning eng yirik iqtisodiyotidagi çuqur ildizlarga ega muammolar yeçimi uçun tarkibiy islohotlar zarurligini aytmoqda.
“3 million kişining işsizligi – oxirgi yillarda islohotlar zarurligi inkor qilib kelinganini körsatuvçi ayblov xulosasi demakdir. Germaniya haqiqiy “islohotlar kuzi”ga muhtoj”, – dedi BDA iş beruvçilar assotsiatsiyasi prezidenti Reyner Dulger.
Köplab oilalar kelajakdan xavotirlanib, mablağlarni imkon qadar tejab işlatişga harakat qilyapti. Buning natijasida iyul oyida çakana savdo kutilganidan köra kuçliroq pasaydi, bu esa uçinçi çorakda iste’mol kayfiyati yanada pasayişi mumkinligini körsatadi.











