“O‘zeltexsanoat” 2017 yilda 3 trln so‘mdan ortiq mahsulot ishlab chiqardi
“O‘zeltexsanoat” AK tarkibiga kiruvchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan elektrotexnika va boshqa mahsulotlar o‘nlab mamlakatlarga eksport qilinmoqda. “O‘zeltexsanoat”ning Milliy matbuot markazida o‘tkazgan matbuot anjumanida shu haqda ma'lum qilindi. Anjumanda “O‘zeltexsanoat” AK ijro apparati va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatining vujudga kelishi va shakllanishi bosqichlari, tarmoqning bugungi kundagi holati va respublikada elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning istiqbollari haqida axborot berildi. Ta'kidlandiki, elektrotexnika sanoati iqtisodiyotda amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida sanoatning alohida yangi tarmog‘i sifatida vujudga keldi. Bugungi kunda mazkur tarmoq respublikada jadal rivojlanmoqda.

Tizimda xorijiy investorlarni jalb etgan holda kabel-sim, elektrotexnika, maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan yangi korxonalar tashkil etildi. Bugungi 70taga yaqin korxona kompaniya tizimida faoliyat qo‘rsatmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifatini ta'minlash maqsadida zamon talablariga mos texnologik qurilmalar va liniyalar o‘rnatilgan. “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida 400 kv/s kuchlanishgacha bo‘lgan polietilen izolyatsiyali to‘qilgan kabellarni ishlab chiqaruvchi korxona barpo etilgan. U Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.
Tadbirda ta'kidlanishicha, Aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan 2017 yilda mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 2013 yilga nisbatan 3,3 baravarga o‘sgan va 3.232,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bunday yuqori o‘sish suratlariga ishlab chiqarish quvvatlarini texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish hamda yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish orqali erishilgan. Soha korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Gruziya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Ukraina, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Rossiya kabi o‘nlab davlatlarga eksport qilinmoqda.

Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda
O‘zbekiston | 11:46
-
AQShda universitetlarga tadqiqot uchun to‘lovlar kamaytirilishi bloklandi
Jahon | 11:20
-
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi
O‘zbekiston | 11:14
-
Tunis sobiq prezidenti 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Jahon | 10:42
Mavzuga oid

14:20 / 28.05.2025
O‘zbekiston va Singapur yarimo‘tkazgichlar sohasida hamkorlik qiladi

13:54 / 05.09.2024
«O‘zeltexsanoat» uyushmasining faoliyati tubdan o‘zgartiriladi

17:14 / 24.08.2024
Eltech-Lab energosamaradorlik sinovlarini o‘tkaza olmadi. Tovarlar yarim yil bojxonada qolib ketgan

18:05 / 20.02.2024