«Özeltexsanoat» uyuşmasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi kömagida yirik işlab çiqariş quvvatiga ega korxona faoliyati boşlandi.
Denov tumanida umumiy qiymati 30 million dollar bölgan, yillik quvvati 5 ming dona mahsulot işlab çiqarişga möljallangan yengil yuk avtomobillari işlab çiqariş loyihasi işga tuşirildi. Loyiha doirasida 150 ta yangi iş örni yaratildi.

Korxona «Humo New Energy» MÇJ tomonidan mustaqillikning 34 yilligi arafasida işga tuşirilgan.
Oçiliş marosimida viloyat hokimi Uluğbek Qosimov, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, nuroniylar hamda faollar iştirok etdi. Mehmonlar işlab çiqariş jarayonlari bilan tanişib, tayyor yuk avtomobillarini közdan keçirdi.
«Korxonada işlab çiqarilayotgan arzon va sifatli yengil yuk maşinalarining asosiy butlovçi qismlari mahalliy şaroitda tayyorlanişi aholiga hamyonbop va işonçli transport vositalari taqdim etiş imkonini yaratadi», deyiladi xabarda.
Loyihaning keyingi bosqiçida yengil yuk elektromobillari işlab çiqariş yölga qöyiladi.












