Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zaif eshituvchi bolalarga sport maydonchasi qurib berildi (video)
Foto: O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi matbuot xizmati
1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zLiDeP Olmazor tuman Kengashi hamda deputatlik guruhi a'zolari O‘zbekiston karlar jamiyatining Toshkentdagi 1-sonli o‘quv ishlab chiqarish korxonasiga qarashli yotoqxonasida bayram tadbiri tashkil etdi.
Dastlab, zaif eshituvchi fuqarolarning murojaatidan kelib chiqib, eshitish va gapirishida nuqsoni bor 80 nafarga yaqin bolajonlar tor doiradagi shifokor va surdotarjimonlar ishtirokida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘riklarda aniqlangan kasalliklar bo‘yicha davolanish uchun tibbiy yo‘llanmalar berildi.
Tadbir davomida jamiyatga qarashli yotoqxona hovlisida bunyod etilgan sport maydonchasi ham foydalanishga topshirildi. Bu esa bolajonlar uchun bayramga munosib sovg‘a bo‘ldi. Bayram tadbiri davomida zaif eshituvchi bolajonlar ishtirokidagi sport musobaqalari, kuy va qo‘shiqlar bayram tadbiriga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Rasm chizish musobaqasida esa zaif eshituvchi bolajonlar o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.
Tadbir so‘nggida 1-sonli o‘quv ishlab chiqarish korxonasida istiqomat qiluvchi bolajonlarga bayram dasturxoni yozilib, homiylarning esdalik sovg‘alari, dori-darmon va sport anjomlari ulashildi.
Mavzuga oid
18:27 / 18.08.2025
Shavkat Mirziyoyev sport federatsiyalari rahbarlari bilan muloqot qildi
19:16 / 28.07.2025
O‘zbekiston Butunjahon yozgi Universiadani 13-o‘rinda yakunladi
23:22 / 23.07.2025
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
18:18 / 18.07.2025