Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Tramp va KXDR, AQSh tarafdorlari, Rossiya maqsadi hamda Tszinpinga sovg‘a haqida
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashish haqidagi qarorini jasur pozitsiya, deb atadi. Bu haqda u Xitoy Mediakorporatsiyasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
«Umid qilamanki, Qo‘shma Shtatlar prezidenti tomonidan bu jasur va uzoqni o‘ylab qabul qilingan qaror - Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga borish, - bu uchrashuv ro‘y beradi, hamda barchamiz undan ijobiy natijalarni kutib qolamiz», - degan Putin.
Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, KXDR rahbariyatining yarim orolda keskinlikni bartaraf etish bo‘yicha qadamlari misli ko‘rilmagan.
«Shimoliy Koreya rahbariyati, rostini aytganda, men uchun ham kutilmagan qadam qo‘ydi, bu keskinlikni kamaytirishga yo‘naltirilgan», - deya ma'lum qilgan Putin.
Uning aytishicha, Shimoliy Koreya rahbariyatining xavfsizlik kafolatlari haqidagi so‘zlarini yaxshi tushunadi, biroq ular qanday bo‘lishini aytish qiyin.
«Shimoliy Koreya rahbariyatining butunlay yadrosizlanish uchun xavfsizlik kafolatlari kerak ekaniga doir pozitsiyasini tushunaman... Bu kafolatlar qanday bo‘lishi, buni qanday muddatlarda amalga oshirish mumkin ekani haqida hozircha gapirish qiyin. Biroq, bu yo‘ldan harakatlanishda davom etish kerak, degan fikrdaman, - bu keskinlikni kamaytirish, yadrosizlanish yo‘lidir», - deya aytib o‘tdi u.
Shuningdek, uning bildirishicha, Vashington bosimi ostida Rossiyaga chora ko‘rganlar endi ularni o‘zida sinab ko‘radi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyani hech qanday cheklovlar qo‘rqitmaydi.
«Men sog‘lom fikr g‘alaba qozonishidan, jahon iqtisodiyoti rivoji uchun zararli bo‘lgan noqonuniy cheklovlar asta-sekin bekor qilishidan, hamda biz barcha sheriklar, jumladan, Qo‘shma Shtatlar va ularning safiga qo‘shilib, bu sanksiyalarni qo‘llagan barcha davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilashimizdan kelib chiqmoqdaman», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Uning e'tibor qaratishicha, Vashingtonning pozitsiyasiga qo‘shilganlarning o‘zi, AQSh ushbu davlatlarga nisbatan choralar ko‘rishni boshlagani sababli aziyat chekmoqda.
Putinning bildirishicha, Rossiyada fuqarolar hayotini yaxshilashdan boshqa maqsad yo‘q.
«Bu maqsadga turli usullar va vositalar bilan erishish mumkin, biroq maqsad bitta, hamda bizda boshqa maqsad bo‘lishi mumkin emas. biz fuqarolarimiz hayotini yaxshilashimiz kerak», - dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, shundan kelib chiqqan holda Rossiya-Xitoy munosabatlarini rivojlantirish lozim, bu ham maqsadga erishishning bir bosqichi.
Bundan tashqari, Vladimir Putinning tasdiqlashicha, XXR rahbari Si Tszinpinga sovg‘a tayyorlab qo‘ygan. Biroq, u bu nima ekanini aytishdan bosh tortdi.
Putin Xitoyga tashrif buyurib, Si Tszinpin bilan muzokaralar o‘tkazadi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida qatnashadi.
«Bu qanday syurpriz bo‘lishini, unga qanday sovg‘a berishimni oldindan ayta olmayman. Bu sir bo‘lib qolsin, keyin sizlarga o‘zim aytaman», - dedi Putin Xitoy Mediakorporatsiyasiga bergan intervyusida.
Ta'kidlanishicha, 2016 yilda Putin Si Tszinpinga bir quti muzqaymoq sovg‘a qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Rossiyada shoh emasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:47
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
17:21
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20