Jahon | 23:11 / 06.06.2018
4377
1 daqiqa o‘qiladi

Uber Yevropada elektr velosipedlar ijarasini yo‘lga qo‘yadi

Photo: JUMP website

Uber kompaniyasi Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlarida ijaraga berish stansiyalar ishtirokisiz elektr velosipedlarni ijaraga olishga imkon beruvchi Jump xizmatini ishga tushiradi.

Xizmat 2018 yil yozi oxirigacha Berlinda, keyinroq esa Yevropaning boshqa shaharlarida ishga tushiriladi. Shuningdek, kompaniya 2018 yilda Uber Green elektr karlaridan iborat taksi xizmatini ishga tushirmoqchi.

Jump elektr samokatlari ijarasi xizmati Uber nazoratiga 2018 yil martida o‘tgan. Kompaniyada ta'kidlanishicha, Uber foydalanuvchilari nafaqat taksi chaqirtirish, balki boshqa transport vositalaridan maksimal qulay foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim. Jump hozirda San-Frantsisko va Vashingtonda yo‘lga qo‘yilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid