O‘zbekiston | 20:44 / 06.06.2018
4480
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zsanoatqurilishbank” Xitoy Sanoat-savdo banki (ICBC) bilan kelishuv imzoladi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

9-10 iyun kunlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tadigan Sammiti arafasida, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va Xitoy Sanoat-Savdo banki o‘rtasida kredit liniyalarini ajratish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Ushbu bitim O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik sub'yektlarining xitoylik ishlab chiqaruvchilar bilan savdo aloqalarini mustahkamlash, ularning yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda Xitoy Xalq Respublikasidan yuqori texnologik uskunalar, tovarlar va xizmatlar importini moliyalashtirishga xizmat qiladi.

Ta'kidlash joizki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari hamda kichik biznes sub'yektlari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Xitoy Taraqqiyot Banki va Xitoy Eksimbanki singari yetakchi moliya institutlarining kredit liniyalarini jalb qilib kelmoqda.

Shu bilan birga “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mamlakatimiz tijorat banklari orasida birinchilardan bo‘lib Xitoy Banki (Bank of China) bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.

2017 yil yakunlari bo‘yicha, Forbes Global 2000 ro‘yxatiga ko‘ra, Xitoy Sanoat-savdo banki 3,5 trillion dollar miqdoridagi aktivlari bilan dunyoning eng yirik banki sifatida e'tirof etilgan.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid