Jamiyat | 22:47 / 07.06.2018
19127
2 daqiqa o‘qiladi

Shu kungacha Vaqf xayriya jamoat fondiga qancha mablag‘ kelib tushgani ma'lum qilindi

Vaqf xayriya jamoat fondi hisobiga 25 maydan boshlab 5 iyun sanasigacha 18 049 841 (o‘n sakkiz million qirq to‘qqiz ming sakkiz yuz qirq bir ming) so‘m kelib tushdi. Shundan:

Xayriya uchun: 1 870 997 so‘m;;

Zakot, ushr, fitr va fidya uchun: 15 594 914 so‘m;

Vaqf uchun: 583 930 so‘m kelgan.

Fond Payme, Click, MBank to‘lov tizimlariga ulangandan keyin kelib tushayotgan mablag‘lar avvalgi kunlarga nisbatan o‘sgan.

7 iyundan e'tiboran har kuni kunning so‘nggi daqiqalarida «Vaqf» xayriya jamoat fondiga kelib tushgan mablag‘lar haqida hisobot berib boriladi.

Vaqf xayriya jamoat fondiga pul o‘tkazish usullari:

— Bank hisob raqamlari:
ATIB “Ipoteka-bank” Yunusobod filiali;

MFO: 00837;
STIR: 207276595;

h/r: 20212000000881753002 «Xayriya»;

h/r: 20212000100881753003 «Zakot, fitr, ushr, fidya»;

h/r: 20212000300881753004 «Vaqf»

— Click:

*880*1100# ussd yoki Click Uzbekistan ilovasi va @Clickuz telegram boti orqali;

— Payme va MBank ilovasi orqali;

- Toshkent shahridagi 12 ta va Zangiota majmuasida o‘rnatilgan infokioskalar orqali.

Avvalroq, “Vaqf” xayriya jamoat fondi Toshkent shahridagi 12 ta masjidga hamda Zangiota majmuasiga tijorat banklari bilan hamkorlikda xayriya, vaqf, zakot, ushr, fitr va fidya to‘lovlarni amalga oshirish uchun infokioskalar o‘rnatilgani haqida xabar berilgan edi

Mavzuga oid