Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vaqf xayriya jamoat fondining «Mehr-muruvvat karvoni» Qoraqalpog‘iston va Xorazmda bo‘ldi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
3-4 noyabr kunlari «Vaqf» xayriya jamoat fondining “Mehr-muruvvat karvoni” Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy saytida xabar berilgan.
Fond vakillari dastlab Nukus shahridagi «Imom Eshon Muhammad» jome masjidida, ertasiga esa Urganch shahridagi «Qutlug‘ qadam» shodiyonalar uyida bo‘lib, har ikki viloyatdan 100 tadan oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, 15 nafardan shaxsga nogironlik aravachasi, “Muhammad al-Beruniy” madrasasi va “Imom Faxriddin ar-Roziy” islom bilim yurtida ta'lim olayotgan barcha talabalarga issiq kiyim-kechaklar ulashdi va ulardagi ikki nafardan talabaning shartnoma po‘lini to‘lab berdi.
Shuningdek, «Mehr-muruvvat karvoni» Nukus shahri va Xorazm viloyatida 4 tadan oilaning xonadonlari ta'mirlab berilishi rejalashtirildi va masjid imom-xatiblariga diniy-ma'rifiy kitoblar berildi.
Eslatib o‘tamiz, «Vaqf» xayriya jamoat fondi tashkil qilingandan buyon saxovat va mehr-muruvvat uylari, kasalxonalar, maktab-internatlar, ko‘makka muhtoj oilalar, boquvchisini yo‘qotgan xonadonlar va nogironlarga xayriya yordamini ko‘rsatib kelmoqda. Avvalroq, oktabr oyi o‘rtalarida fondning rejalari ma'lum qilingan, jumladan, kam ta'minlangan, nogironligi bor, boquvchisi yo‘q, chin yetim va muhtoj yigit va qizlarning nikoh va sunnat to‘ylarini o‘tkazib berish bo‘yicha yangi loyihaga qo‘l urilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
12:40 / 10.01.2026
Nukus va Xo‘jaylida “opiy” savdosi fosh etildi: 1 kgdan ortiq modda musodara qilindi
14:08 / 28.12.2025
Qoraqalpog‘istonda soliq boshqarmasi ikki xodimi ushlandi
16:15 / 23.12.2025