Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 4685 tonna palma moyining noqonuniy olib chiqilishi fosh etildi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida poytaxtda faoliyat ko‘rsatayotgan MChJlardan birining noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu MChJ yurtimizga olib kelingan qiymati 11,9 ming tonnadan ortiq palma moylarining salkam 4,7 ming tonnasini bojxona organining ruxsatisiz, bojxona to‘lovlarini to‘lamasdan bojxona omboridan olib chiqib ketgan.
Ushbu holatda salkam 4,7 ming tonna palma moyi uchun aslida davlat byudjyetiga 13 mlrd. 99 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlarini to‘lanishi lozim edi.
Ammo MChJ rahbarining qonunbuzarligi unga nisbatan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilishiga sabab bo‘ldi.
Ayni paytda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
12:20 / 10.06.2026
Koreyaga yuborish va’dasi bilan pul yig‘gan shaxslar qo‘lga olindi
21:11 / 30.05.2026