Light | 15:47 / 08.06.2018
32857
4 daqiqa o‘qiladi

Har bir mamlakatga biroz Yaponiya yetishmasligining 17 sababi

Yaponiya haqida nimalarni bilamiz? Bu anime, sumo hamda sakura mamlakati. Innovatsion hojatxonalar, aniqlilik, istalgan narsalar sotiladigan vending avtomatlari haqida nima deysiz? Yaponiya – o‘zga olam. Yaponiyaliklar uchun odatiy bo‘lgan narsalar boshqalarda hayrat, ba'zida hasad uyg‘otadi.

Foto: Bored Panda

Yaponcha protest. Avtobus haydovchilari ish tashlash uyushtirishdi, biroq o‘z marshrutlarida yurishda davom etdilar. Biroq yo‘l haqi uchun yo‘lovchilardan pul olishmagan.

Foto: Bored Panda

Temir bankalar qopqog‘ida ichimlik nomi Brayl shriftida yozilgan.

Foto: Bored Panda

2014 yil jahon chempionatida o‘z jamoasining Kot-d’Ivuar jamoasi bilan bo‘lgan o‘yindagi mag‘lubiyatiga qaramay, yaponiyalik ishqibozlar matchdan keyin alamdan ichishga ketishmadi. Qo‘llariga paket olib stadionni tozalash bilan shug‘ullandilar.

Foto: Bored Panda

Deyarli barcha hojatxonalarda bolalar uchun o‘rindiqlar bor.

Foto: Bored Panda

Yaponiya kasalxonalaridagi taom restorandagilardan qolishmaydi.

Foto: Bored Panda

Yaponiyada mana shunday hojatxonalarni uchratish mumkin. Qo‘l yuvish uchun ishlatilgan suvdan unitazni yuvish uchun foydalaniladi.

Foto: Bored Panda

Kun chiqar mamlakatdagi kanalizatsiya qopqoqlari – san'atning alohida bir turi.

Foto: Bored Panda

Yaponiya maktablarida haqiqiy insonni tarbiyalashni bilishadi. Umumta'lim muassasalarida ko‘p hollarda farroshlar yo‘q, o‘quvchilar o‘zlari tozalash ishlari bilan band bo‘lishadi. Shu yo‘l bilan ta'lim uchun minnatdorchilik bildiradilar.

Foto: Bored Panda

Xabarda mana bunday yozilgan: “Bexosdan velosipedingizni turtib yubordim va qo‘ng‘irog‘ingizni sindirib qo‘ydim. Juda afsusdaman. Jinoyat joyidan qochdim, biroq kompensatsiyani qoldirdim”.

Foto: Bored Panda

Yaponiyadagi tezyurar poyezdlar mana shunday mayin harakatlanadi.

Foto: Bored Panda

«Men o‘z paketimni Osaki ko‘chasida unutib qoldirdim va o‘sha kuni uni olish uchun qaytganimda kimdir uni daraxtga ehtiyotkorlik bilan suyab qo‘yganini ko‘rdim. Aytgancha, ichidagi hech narsa yo‘qolmagan».

Foto: Bored Panda

Yo‘lovchilar yiqilib tushib, vagon va platforma o‘rtasida tiqilib qolgan ayolni qutqarish uchun poyezdni itarishmoqda.

Foto: Bored Panda

Zog‘ora baliqlar hatto drenaj kanallarida ham yashaydilar.

Foto: Bored Panda

Bu uyatchan odamlar uchun innovatsiya. Yaponiyadagi ba'zi hojatxonalarda maxsus tugma bo‘lib, uni bosganingizda suv shovqini eshitiladi. Ichkarida nima bilan shug‘ullanayotganingizni hech kim bilmaydi.

Foto: Bored Panda

Poyezdlarda o‘rindiqlarni istalgan yo‘nalishga burish mumkin.

Foto: Bored Panda

Yana bir oddiy va g‘aroyib kashfiyot: soyabonlar uchun “garderob”. Soyabonni o‘zingiz bilan olib yurishingiz shart emas, hech kim bexosdan birovnikini olib qo‘ymaydi.

Foto: Bored Panda

Yana hojatxonalar haqida: mana bunisida ma'lumotlar tablosi bor. U qaysi kabinka band yoki bo‘sh ekanini ko‘rsatadi.

Mavzuga oid