Bu haqda Kun.uz'ga ma’lum qilgan Yaponiyaning Özbekistondagi elçixonasiga köra, turizm, qarindoşlar va tanişlarni ziyorat qiliş yoki biznes maqsadlaridagi qisqa muddatli vizalar bilan Yaponiyada işlaş qat’iyan man etiladi.

“Hozirgi vaqtda “qoçqinlik maqomini söraş orqali Yaponiyada uzoq vaqt qoliş yoki işlaş mumkin” degan yolğon ma’lumotlar tarqalmoqda. Bunday maqsadlarda topşirilgan arizalar qabul qilinmaydi. Qoçqinlik arizasi rad etilgan taqdirda, şaxs immigratsiya markaziga joylaştirilişi yoki majburiy tartibda vataniga qaytarib yuborilişi mumkin.

Şuningdek, yolğon ma’lumot yoki noqonuniy yöllar bilan ariza topşiriş qat’iy huquqiy çoralar körilişiga sabab böladi.

"Yaponiyada uzoqroq qoliş yoki işlaş imkonini beramiz" deb va’da beruvçi vositaçilarning (maklerlarning) yolğonlariga işonmang. Asossiz va notöğri topşirilgan arizalar kelajakda Yaponiyaga qayta kirişingizga jiddiy tösqinlik qiladi”, – deyiladi Yaponiya elçixonasi rasmiy axborotida.