Uruş — yomon. Unda odamlar halok böladi, şahar-qişloqlar vayronaga aylanadi. Uruşda bir tomon bosqinga uçraydi. Ikkinçi tomon bosqinçilik uçun kelajakda tavqi la’nat ostida qoladi. Yaponlar 1930-1940 yillarda qilgan bosqinçiliklar va noinsoniy işlari uçun ana şunday tavqi la’natga qolgan.

XX asrning 30 yillarida dunyodagi eng qudratli davlatlarning biri bölgan Yaponiya armiyasi şafqatsizlikda dong çiqargandi. Yaponlar özlari egallab olgan hududlarni juda qattiqqöllik bilan boşqargan va qarşi çiqqanlarni ayab ötirmagan.

Bundan taşqari, yaponlar bosib olgan mamlakatlarda maxsus maskanlar taşkil etib, u yerda ayollarni jinsiy qullikda saqlagan.

Uruşdan keyin ötkazilgan suriştiruvlarda, turli tadqiqotlarda yaponlar 1932 yildan 1945 yilgaça 360-410 ming atrofidagi ayolni jinsiy qullikda saqlagani ma’lum bölgan.

Jinsiy qullikda saqlangan ayollar turli millat vakillari, jumladan yaponlar, xitoyliklar, koreyslar, filippinliklar va boşqalar bölgan.

Xöş, yaponlar nega ayollarni jinsiy qullikda saqlagan va bu iş qaçondan boşlangan? Quyida yaponlar uçun ötmişning isnodi va qora doği hisoblanadigan bu iş haqida hikoya qilamiz.

“Tasalli beruvçi ayollar”

Barçasi 1932 yilda Xitoyni boşqarib turgan Yaponiya armiyasi general-leytenanti Yasudza Okamuraning qöliga yapon harbiylari tomonidan zörlangan xitoylik ayollar haqidagi hisobotlar kelib tuşganidan boşlanadi.

Şundan söng general Tokioga, boş qömondonlikka murojaat qiladi va yapon askarlarining mahalliy ayollarni zörlaşi oqibatida aholida Yaponiya armiyasiga nisbatan kuçli nafrat uyğonayotganini ma’lum qiladi.

Şuningdek, general yapon askarlari mahalliy ayollar bilan jinsiy munosabatda bölib, turli kasalliklar yuqtirayotganini va bu armiya jangovar ruhiga aks ta’sir etayotganini ta’kidlaydi.

Öz navbatida Yasudza Okamura boş qömondonlikdan muammoni hal qiliş uçun Yaponiya bosib olgan hududlarda harbiylar uçun maxsus maskanlar taşkil etiş uçun ruxsat söraydi.