Jahon | 08:47 / 08.06.2018
12863
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemala fojiasi. Halok bo‘lganlar soni 109 kishiga yetdi

Foto: REUTERS/Carlos Jasso

Gvatemalada vulqon otilishi tufayli halok bo‘lganlar soni 109 kishiga yetdi. Bu haqda RIA «Novosti» Sud fanlari milliy institutiga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, yana 192 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Gvatemala prokuraturasi odamlarning halok bo‘lishi holati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Avvalroq 100 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Fuego vulqoni otilishi tufayli bir nechta shaharlarda xavfning qizil darajasi e'lon qilindi. Shuningdek, OAV xabariga ko‘ra, vulqon otilishi tufayli jarohat olganlar soni taxminan 300 kishiga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQSh Gvatemalada vulqon otilishi oqibatida jarohat olgan va jabrlanganlarga yordam taqdim etishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid