Jahon | 00:33 / 08.06.2018
17219
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada migrantlar noturar joylarga ham ro‘yxatga qo‘yilishi mumkin 

Foto: TASS

Rossiya davlat dumasi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning migratsion ro‘yxatdan o‘tishiga aniqlik kirituvchi qonunni uchinchi, so‘nggi o‘qishda qabul qildi. Loyiha Rossiya Konstitutsion sudi qarorini ijro etish uchun hukumat tomonidan ishlab chiqilgan va normativ huquqiy boshqaruvdagi kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘llangan, deya xabar beradi "Kommersant".
 
Hukumat tashabbusida "chet el fuqarosi tashrif buyuradigan joy" va "qabul qiluvchi tomon" kabi tushunchalarga aniqlik kiritilmoqda.
 
Chet el fuqarosi yashayotgan noturar joy "tashrif buyuriladigan joy yoki boshqa inshoot" hisoblanadi. Shuningdek chet el fuqarosi ro‘yxatdan o‘tuvchi tashkilot ham tashrif buyuriladigan joy bo‘lishi mumkin. 
 
Chet el fuqarosi tashrif buyuriladigan joyga kelgach ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, chet el fuqarosi o‘zi ishlaydigan yoki qonunchilik tomonidan taqiqlangan boshqa faoliyatni olib borayotgan tashkilot manzili bo‘yicha ham ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi. 
 
Hozir hukumatda shuningdek RF Ma'muriy qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga tuzatishlar ishlab chiqilmoqda. Ularga ko‘ra, mehnat migranti o‘zining Rossiyaga qonuniy kelganini tasdiqlash uchun nafaqat ishga ruxsatnoma yoki patentni, balki ish beruvchi bilan "mehnat shartnomasi"ni ham ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
 
Shartnoma taqdim etilmasa, mamlakatdan chiqarib yuborish ehtimoli bilan 5 ming rublgacha jarima kiritish taklif etilmoqda.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid