Sport | 03:41 / 08.06.2018
14446
3 daqiqa o‘qiladi

O‘rtoqlik o‘yini. Angliya va Portugaliya raqiblariga imkon qoldirmadi

Foto: PA

2018 yilgi jahon chempionati oldidan navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazildi. 

Angliya terma jamoasi Kosta-Rika bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

13-daqiqada Reshford hisobni ochgan bo‘lsa, 76-daqiqada Uelbek jamoasining ishonchli g‘alabasini ta'minladi. 

Portugaliya esa Jazoir terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi. 

Gedesh o‘z hisobiga 2ta gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, yana bir gol Fernandesh tomonidan kiritildi. 

Islandiya hamda Gana terma jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yinda g‘olib aniqlanmadi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

Islandiya tarkibida Arnason hamda Finnbogason 1tadan gol urgan bo‘lsa, Gana safida Nuxu hamda Parti javob gollarini kiritishdi. 

Angliya – Kosta-Rika 2:0

Gollar: 1:0 – 13 Reshford, 2:0 – 76 Uelbek.
Angliya – Batlend (Poup, 65), Djons, Stounz (Keyxill, 65), Rouz, Maguayr, Xenderson (Alli, 64), Loftus-Chik (Lingard, 79), Delf, Aleksander-Arnold (Tripper, 64), Reshford, Vardi (Uelbek, 61).
Kosta-Rika – Navas, Gonsales, Kalvo, Ovedo (Matarrita, 60), Uoston, Venegas (Bolanos, 61), Gusman (Texeda, 69), Kempbell, Borxes, Gamboa (Smit, 72), Urenya.
Ogohlantirishlar: Matarrita (68), Gonsales (69).

Portugaliya – Jazoir 3:0 

Gollar: 1:0 – 17 Gonsalu Gedesh, 2:0 – 37 Brunu Fernandesh, 3:0 – 55 Gonsalu Gedesh.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru (Mariu Ruy, 57), Soaresh, Brunu Alvesh (Fonte, 57), Vilyam Karvalyu (Kuarejma, 64), Moutinyu (Joau Mariu, 75), Brunu Fernandesh, Bernardu Silva (Adriyen Silva, 64), Gonsalu Gedesh, Ronaldu (Andre Silva, 74).
Jazoir – Salxi, Mandi, Medjani (Bunedja, 71), Bensebayni, Benmussa, Bentaleb, Ferxat, Marez, Buxenshush (Benxemassa, 57), Braimi, Slimani (Sudani, 85).
Ogohlantirishlar: Bensebayni (39), Buxenshush (47).

Islandiya – Gana 2:2

Gollar: 1:0 – 6 Arnason, 2:0 – 40 Finnbogason, 2:1 – 66 Nuxu, 2:2 – 87 Parti.
Islandiya – Xalldoursson, Sigurdsson, Skulason, Eyyelfsson, Arnason, Gudmundsson, Sigurdsson (Gislason, 67), Xadlvredsson (Skulason, 88), Byarnason (Ingason, 76), Finnbogason (Bedvarsson, 65), Sigurdarson (Traustason, 90).
Gana – Ati-Zidji, Nuxu, Opoku, Agbenenu, Yadom, Parti, Attama (Akkua, 46), Djasi (Adoma, 81), Ampoma (Achimpong, 69), Boateng (Vridt, 69), Dvamena (Saki, 46).
Ogohlantirishlar: Byarnason (17), Achimpong (76), Yadom (76).

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid