Jahon | 01:43 / 09.06.2018
7450
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh KXDRga qo‘shni davlatlar unga ilk moliyaviy yordam ko‘rsatishiga umid qilmoqda

Foto: RIA Novosti / Ilya Pitalev

AQSh Shimoliy Koreya yadro muammosi hal bo‘lsa, Pxenyanga birinchi moliyaviy yordamni uning qo‘shnilari ko‘rsatishiga ishonmoqda, deb ma'lum qildi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo. 

“Biz Shimoliy Koreyaga qo‘shni davlatlar unga birinchi moliyaviy yordam ko‘rsatadi, deb hisoblaymiz. Lekin vaqt o‘tishi bilan biz mintaqadagi boshqa davlatlar kabi Shimoliy Koreya tashqi yordamlarsiz xavfsiz va himoyalangan davlat bo‘la oladi, deb umid qilamiz”, deb aytgan Pompeo Janubiy Koreyaning YTN Korea  telekanaliga bergan intervyusida.

Pompeo “Shimoliy Koreya rivojlanishidan” manfaatdor davlatlar qatorida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyani aytib o‘tdi. U AQSh o‘z tomonidan texnologiyalar, tadbirkorlik va tarkibiy o‘zgarishlar sohasida yordam berishga tayyorligini qo‘shimcha qildi. 

Mavzuga oid