Sport | 21:44 / 09.06.2018
36320
1 daqiqa o‘qiladi

Aleksandr Geynrix Qozog‘iston klubiga boshliq bo‘ldi

Foto: FK «Aktobe»

O‘zbekiston terma jamoasining 33 yoshli sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix «Oqto‘be» klubi boshlig‘i qilib tayinlandi, deb xabar beradi KazFootball.kz.

Shu yil faoliyatiga yakun yasagan Geynrix klubda seleksioner-murabbiy bo‘lib ishlab kelayotgan edi. Endi u yuqori lavozimga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Geynrix futbolchilik faoliyatini 2001 yili «Do‘stlik» klubida boshlagan. Keyinchalik, Toshkentning «Paxtakor» va «Lokomotiv», Moskvaning TsSKA va «Torpedo», Janubiy Koreyaning «Suvon Samsung Blyuvings», BAAning «Emireyts», Qozog‘istoninng «Oqto‘be» va «O‘rdabasi» klublarida to‘p tepgan.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 97ta o‘yinda maydonga tushib, 31ta gol urgan.

Mavzuga oid