Suhbat boşida 37 yoşli sobiq futbolçi hozirda nima bilan maşğul ekani haqida aytib ötdi.

«Ayni damda vaqtni oilam davrasida ötkazyapman, asosan oilaviy yumuşlar bilan bandman. Faoliyatim davomida oilamdan uzoqda böldim, vaqtim safarlarda ötardi. Şu bois, endi ozroq tanaffus qilib, köproq vaqtimni Moskvada oilam davrasida ötkazişga qaror qildim», - deydi Aleksandr.

«Yaxşi futbolçidan har doim ham yaxşi murabbiy çiqmaydi»

Milliy jamoamiz sobiq hujumçisi futboldagi rejalari haqida gapirib, Özbekistonga murabbiy sifatida qaytiş niyati borligini yaşirmadi.

«Keyingi rejalarim? Bu haqda tez orada bilib olasiz. Hozirça bu haqda gapirişni istamayman.

Özbekistonga murabbiy sifatida qaytiş niyatim bormi? Bor. Ammo yaxşi futbolçidan har doim ham yaxşi murabbiy çiqmaydi. Menda murabbiylik tajribasi yöq. Bizning avloddan aksariyat sobiq jamoadoşlarimda murabbiylik faoliyati öxşayapti, kimlardadir esa unçalik emas. Ya’ni murabbiy böliş hammaga ham emas. Buning uçun yaxşi tayyorgarlik körişni istayman. Şunçaki murabbiy sifatida kelib, nomiga işlab, öxşata olmay yakunlaşni istamayman. Nimanidir boşlamoqçi bölsam, buni yaxşi bajariş uçun kirişadigan insonman. Murabbiylikni boşlaş böyiça takliflar böldi, ammo özim rad etganman», - deydi Saşa.

Foto: ÖFA

«Milliy jamoada nimadir özgariş bölganini hozirça körganim yöq»

Geynrix milliy jamoamizning yangi murabbiy qöl ostida qay daraja özgargani va Eldor Şomurodov haqida ham fikr bildirdi.

«Hozirga qadar Özbekiston milliy jamoasi va Superliga bahslarini kuzatib boryapman. Milliy jamoamizda hali rasmiy öyinlar bölgani yöq, yangi murabbiy örtoqlik bahslarida öz qaraşlarini futbolçilarga singdirişga intilmoqda. Şu sababli milliy jamoada nimadir özgariş bölganini hozirça körganim yöq.

Men töp surgan hujum çiziğida özgariş bormi? Ha, «Roma»dagi bolakay yaxşi öynamoqda. Juda ham zör. Menimça, hujumda unga kimdir raqobat qilişi qiyin», - dedi sobiq forvard.

Germaniya klubidan tuşgan taklif haqida

Aleksandr suhbat davomida öz vaqtida unga Yevropadan taklif bölganini ham aytib ötgan.