Jahon | 20:39 / 10.06.2018
10787
2 daqiqa o‘qiladi

ShHT yanada kuchliroq va mustahkamroq bo‘ldi – Si Tszinpin 

Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev

Shanxay hamkorlik tashkiloti unga Hindiston va Pokiston qo‘shilgandan keyin yanada kuchliroq va mustahkamroq bo‘ldi. Bu esa ShHTga barqarorlik, xavfsizlik va mintaqaviy rivojlanishni ta'minlashda yanada kattaroq javobgarlik yuklaydi. Bunday fikrni Xitoy raisi Si Tszinpin ShHTga a'zo davlatlar yetakchilari kengashi yig‘ilishi ochilishida bildirdi.

“ShHTga a'zo davlatlar soni oshishi bilan tashkilot yanada kuchliroq va mustahkamroq bo‘ldi, mintaqadagi davlatlar va butun xalqaro hamjamiyat ShHTga borgan sari ko‘proq e'tibor qaratmoqda, unga ko‘proq umid bildirmoqda. Tegishli ravishda, biz barqarorlik, xavfsizlik, mintaqaviy taraqqiyot va farovonlikni ta'minlash uchun katta javobgarlikka egamiz”, deb aytgan Xitoy rahbari.

“Xitoy tashkilotning barcha a'zolari bilan yig‘ilish doirasida tajribamizga yakun yasash, xalqaro va mintaqaviy vaziyatni tahlil qilish, hamkorlikning istiqbollarini shakllantirishga tayyor. Biz barcha bilan ShHTning barqaror va uzoq muddatli taraqqiyotiga intilishga tayyormiz”, deb aytgan Si Tszinpin.  

Xitoy yetakchisining ta'kidlashicha, yig‘ilish ShHT kengaytirilgandan keyin barcha 8 ta davlat yetakchisi ishtirokida ilk bor bunday tarkibda o‘tmoqda, shu sababli “Tsindaodagi sammit tarixiy ahamiyatga ega”.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid