Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rtoqlik o‘yinlari. Ispaniya Tunisni mag‘lub etdi, Fransiya AQSh bilan durang o‘ynadi
Jahon chempionati arafasida o‘tkazilayotgan navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Ispaniya terma jamoasi Tunisga qarshi maydonga tushib, kichik farq bilan g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona gol 84-daqiqada Aspas tomonidan kiritildi.
Fransiya terma jamoasi esa AQSh bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. AQSh tarkibida Grin gol urgan bo‘lsa, fransuzlar safida Mbappe golga mualliflik qildi.
Tunis – Ispaniya 0:1
Gol: 0:1 – 84 Aspas.
Tunis – Matluti, Ben-Yussef, Maalul (Xaddadi, 58), Bronn, Merya, Kaui (Ben-Amor, 62), Sassi, Sliti (Xelifa, 69), Skiri, Badri (Benaluan, 78), Ben-Yussef (Srarfi, 90).
Ispaniya – De Xea, Pike, Alba (Aspas, 76), Odriosola (Nacho, 46), Ramos, Buskets, Alkantara (Koke, 46), Isko (Vaskes, 46), Silva (Asensio, 60), Inesta, Rodrigo (Diyego Kosta, 60).
Ogohlantirishlar: Sassi (90), Srarfi (90).
Fransiya – AQSh 1:1
Gollar: 0:1 – 44 Grin, 1:1 – 78 Mbappe.
Fransiya – Loris, Varan, Mendi (Lyuka Ernandes, 66), Sidibe (Pavar, 74), Umtiti, Pogba, Kante, Matyuidi (Tolisso, 58), Mbappe (Lemar, 88), Grizmann (Fekir, 69), Jiru (Dembele, 58).
AQSh – Steffen, Myazga (Palmer-Braun, 60), Parker, Robinson (Vilyafanya, 82), Karter-Vikers, Makkenni, Adams, Grin (Korona, 70), Trapp, Mur (Yyedlin, 74), Vud (Sardjyent, 74).
Ogohlantirishlar: Mur (68), Makkenni (79).
Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:
Shvetsiya – Peru 0:0)
Daniya – Meksika 2:0
Gollar: 1:0 – 71 Poulsen, 2:0 – 74 Eriksen.
Mavzuga oid
13:40 / 26.06.2026
Do‘stlar sharafiga Lamin Yamal deb nomlangan bola – jahon futbol yulduzi haqida
02:01 / 15.12.2022
JCh-2022. Fransiya Marokashni mag‘lub etib, ikkinchi finalchiga aylandi
02:08 / 11.12.2022
JCh-2022. Fransiya Angliyani mag‘lubiyatga uchratib, yarimfinalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
22:05 / 04.12.2022