Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya boshqa davlatlar qabul qilishni istamagan muhojirlar kemasini qabul qiladigan bo‘ldi
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches uning mamlakati bortida 629 muhojir bo‘lgan Aquarius qutqaruv kemasini qabul qilishga tayyorligini ma'lum qildi.
Avvalroq ma'lum qilingandek, bortida Liviya sohillari yaqinida qutqarilgan afrikalik muhojirlar bo‘lgan kemani Italiya va Malta qabul qilishni istamagan. BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi bunga javoban “manfaatdor hukumatlarni” muhojirlarni qabul qilishga chaqirgan.
“Bizning burch xalqaro huquq sohasidagi javobgarligimizni bajarib, gumanitar falokatga yo‘l qo‘ymaslikka yordam berish va bu odamlarga “xavfsiz joy” taklif qilishdan iborat”, deb aytgan Ispaniya bosh vaziri.
Ta'kidlanishicha, kema Valensiya shahri portiga jo‘natilgan.
Sos Mediterranee nohukumat tashkilotiga tegishli Aquarius kemasi oxirgi kunlarda 6 ta qutqaruv amaliyotida ishtirok etib, o‘z bortiga 629 kishi, jumladan 123 nafar bola va 7 nafar homilador ayolni chiqarib olgan.
Mavzuga oid
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026