Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va YeI o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi yangilangan bitim bo‘yicha muzokaralar boshlanishi mumkin
Foto: AFP
2018 yilning 12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibidan YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian va Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Roland Kobia o‘rin olgan, deb xabar qilmoqda TIV axborot xizmati.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida turli shakllardagi hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Alohida e'tibor YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi Strategiyasi loyihasi va «O‘zbekiston-YeI» shaklidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratildi.
Tomonlar Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangilangan ikki tomonlama Bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlash yuzasidan fikr almashdilar.
Yevropa Ittifoqi vakillari 11-12 iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan «Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli» mavzusidagi xalqaro konferensiya jarayonini yuqori baholadilar.
Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Mavzuga oid
17:25 / 19.01.2026
Yevropa va Lotin Amerikasi vakillari dunyodagi eng yirik erkin savdo hududi bo‘yicha kelishuv imzoladi
15:44 / 16.01.2026
YeI chegaralarini noqonuniy kesib o‘tishlar soni 26 foizga kamaydi
23:20 / 15.01.2026
Grenlandiyani AQShdan himoya qilishning uchta varianti bor – The Economist
10:23 / 10.01.2026