Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuraturada biznes sub'yektlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Joriy yilning 11 iyun kuni Bosh prokuraturada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish yo‘nalishidagi o‘rinbosarlari malakasini oshirish yuzasidan o‘tkazilayotgan o‘quv kursi doirasida tadbirkorlik sub'yektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ushbu uchrashuvda yirik, o‘rta va kichik biznes sub'yektlari vakillari respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish mexanizmlarini hayotga tadbiq etish haqida fikr va mulohazalarni bildirishdi.
Shuningdek, ularni qiziqtirayotgan savollar yuzasidan Bosh prokuratura malakali mutaxassislari tomonidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida viloyat prokurorlarining o‘rinbosarlari o‘z hududlarida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Uchrashuvda 2 ta yirik hamda 5 ta o‘rta va kichik biznes vakillari ishtirok etdi.
- Yig‘ilishda biznes muhitini yaxshilash, jamoatchilik nazorati, soliq va bojxona siyosati haqida hamda boshqa ko‘plab masalalarda suhbatlashdik, - deydi Korzinka.uz asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov. - Huquq himoyachilari bizni katta e'tibor bilan tinglashdi, qiziqarli savollar berishdi va ularning javobini qizg‘in muhokama qilishdi.

Ma'lumot o‘rnida: Bosh prokuraturaning tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 fevraldagi “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan.
Yangi tashkil etilgan boshqarmaga:
- tadbirkorlik sub'yektlari va investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish;
- xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatiga noqonuniy aralashuv va to‘sqinlik qilish holatlariga nisbatan qat'iy munosabat bildirish;
- investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlikka g‘ovlar va sun'iy to‘siqlarni olib tashlash, ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
- turli loyihalar bo‘yicha tanlov va tender savdolarining adolatli o‘tkazilishini monitoring qilish kabi vazifalar yuklatilgan.
Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025