“Islom nuri” dasturining navbatdagi sonida ehson haqida söz boradi. Suhbatdoşimiz poytaxtdagi “Hazrati Ali” jome masjidi imom xatibi Salohiddin Şaripov ehsonning asl mohiyati, u nimalarda namoyon bölişi haqida gapirib berdi.

YouTube'da köriş

Tas-IX'da köriş

- Islom dini – ehson dinidir. Ehson sözi yaxşilik qiliş ma'nosini anglatadi. Bu – umumiy ma'noda keladi. Biz ehson deganda odamlarga dasturxon yozişni, xudoyi qilişni tuşunib qolganmiz. Aslida, ehson barça işni gözal qilişdir. Alloh taolo Qur'oni karimning köplab oyat-karimalarida mömin-musulmon bandalarini ehson qilişga, yaxşilik qilişga buyurgan.

Alloh taolo marhamat qiladi: “...va siz ehson qiling, Alloh taolo ehson qiluvçilarni yaxşi köradi”. Yana bir oyatda: “Yaxşilik qiluvçilarga bu dunyoning özida ham yaxşilik bor”, deyiladi. Alloh taoloning marhamatini qarang. Bu dunyoda bitta yaxşilik qilsak, oxiratda öndan to yetti yuz barobargaça bölgan yaxşilik bizni kutib turadi. U bandalariga ana şunday marhamati keng, mehribon zotdir.

Dunyoda nafas olib turibmiz ekan xayolimiz, fikrimiz va zikrimiz yaxşilik qiliş böliş kerak. Hadisi şariflarda şunday ma'nolar keladi: “Yaxşilik qiliş qölingdan kelmasa, heç bölmaganda yomonlik qilma”. Ramazon oyi aynan ehson oyi hisoblanadi. Mömin-musulmon bandalar yaxşilikda musobaqa qiladigan oy hisoblanadi. 

“Hazrati Ali” jome masjidi
imom xatibi Salohiddin Şaripov

Xayr-ehson, muruvvat, odamlarga moddiy-ma'naviy foyda yetkaziş masalasida dinimizda ta'limotlar töla. Payğambarimiz (s.a.v): “Sadaqaning eng afzali – Ramazonda qilingan sadaqa”, deganlar. Hamyonimizdagi mol-davlat Alloh taolo bergan omonat. Bizniki deymizu, bizga nasib qiladimi, yöqmi uni Alloh biladi.

Miskinning, yordamga muhtoj odamni yaxşi köriş gözal fazilat. Uluğlarimizdan biri şunday deganlar: “Miskin, beçora odam boy, ehson qiluvçi odamni yaxşi körib qolsa, ajablanma. Agar teskarisi bölib, boy odam beçora odamni yaxşi körib qolişligidan ajablan”. Alloh barçamizga yaxşi amallar qilişligimizni nasib etsin, - dedi S.Şaripov.