Jahon | 11:04 / 15.06.2018
8008
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh BAAning Yaman bo‘yicha iltimosiga rad javobi berdi

Foto: Shutterstock

AQSh BAAning Yamanda harbiy amaliyot o‘tkazilayotgan paytda yordam taqdim etish bo‘yicha iltimosini rad etdi. Bu haqda Reuters Amirlik hukumatidagi manbaga asosan xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, BAA Xodayda shahrida amaliyot o‘tkazilish vaqtida razvedka hamda muhandislik yordami taqdim etish bo‘yicha iltimos bilan chiqqan.

O‘z navbatida, Fransiya portni minasizlantirish bosqichida amaliyotni qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi.

Avvalroq, BMT Xavfsizlik kengashi Yamandagi vaziyat tufayli navbatdan tashqari maslahatlashuvlar o‘tkazishi xabar qilingandi. Shuningdek, Qizil xoch Yamandan xavfsizlik nuqtai nazaridan 71 xodimini chaqirtirib oldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid