Jahon | 11:09 / 15.06.2018
2555
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada jurnalist mamlakat rahbariyatini otib tashlashga chaqirgani uchun hibsga olindi

Foto: AFP / Sakis Mitrolidis

Gretsiya politsiyasi «Makelio» gazetasi jurnalisti Stefanos Xiosni prezident, bosh vazir va tashqi ishlar vazirini sobiq Yugoslaviya respublikasi Makedoniya nomini o‘zgartirish bo‘yicha kelishuvga erishilgani uchun otib tashlashga chaqiriq bo‘lgan maqolasi sabab hibsga oldi.

Aniqlik kiritilishicha, 13 iyun kuni gazetaning birinchi sahifasida «8 metrdan, xuddi Beloyannisdek» (1952 yilda otib tashlangan Gretsiya Kommunistik partiyasi rahbarlaridan biri - tah.) sarlavhali maqola e'lon qilindi. Unda mamlakat rahbariyatini otib tashlashga chaqiriq bo‘lgan.

Prokuror «respublika prezidentini haqorat qilish», «jinoiy harakatni amalga oshirishga undash» va boshqa moddalar bo‘yicha darhol jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Xios gazeta tahririyati yonida hibsga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid