17:50 / 16.06.2018
9176

Fransiya – Avstraliya bahsining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Avstraliyaga (2:1) qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

G‘oliblar tarkibida gollarga Grizmann va Pogba, mag‘lublar tarkibida Yyedinak mualliflik qilgan edi.

Qizig‘i shundaki, Grizmann o‘z golini jahon chempionatlari tarixida ilk marta takroriy videolavha orqali belgilangan penaltidan urdi.

70-daqiqada Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Grizmann o‘rniga Olive Jiruni tushirdi.

Top