Jahon | 21:29 / 17.06.2018
10076
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada 140 metrlik minoralar portlatish yo‘li bilan buzildi (video)

AQShning Florida shtatida 680 kilogramm dinamit yordamida 2 ta 140 metrlik sovitish minoralari portlatildi. Minoralar shu tariqa buzilgan. 

Ma'lum qilinishicha, 10 soniyalik operatsiyaga 10 hafta tayyorgarlik ko‘rilgan. Minoralar St. Johns River Power Park ko‘mir elektr stansiyasiga tegishli bo‘lgan. Videoda ikki minora asoslari deyarli bir vaqtda portlagani, so‘ngra minoralar ichki tomoniga qarab qulagani hamda ko‘p miqdorda chang ko‘tarilganini ko‘rish mumkin. 

Buzish ishlari bunday korxonalarni 2020 yilgacha to‘liq bartaraf etish dasturi doirasida amalga oshirilgan. Bu maqsadda 14,5 mln dollar ajratilgan.

Mavzuga oid