Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyaga O‘rta yer dengizida bir necha kundan beri sarson muhojirlar yetib keldi
Foto: EPA/UPG
Ispaniyaga O‘rta yer dengizida bir necha kunlik sarson-sargardonlikdan keyin Aquarius qutqaruv kemasidagi ilk muhojirlar yetib keldi. 17 iyun ertalab Italiyaning Dattilo kemasi muhojirlarning birinchi guruhini Valensiya portiga yetkazdi. Aquarius’ning o‘zi va yana bitta italyan kemasi Orione’dagi qolgan muhojirlar keyinroq kelib qo‘shilishdi.
Aquarius va unga hamrohlik qilgan ikkita kemada 630 qochqin bor bo‘lib, ular bir hafta avval SOS Mediterranee gumanitar tashkiloti tomonidan Liviya sohillari yaqinida qutqarib olingan. Ular orasida 11 nafar yosh bola, 89 nafar balog‘at yetmagan hamda 7 nafar homilador ayol bor bo‘lgan.
Valensiyada muhojirlarni 2320 volontyor, jumladan 470 tarjimon kutib olgan.
Avvalroq Italiya va Malta ushbu kemani qabul qilishni istamagan. Bu holat Yevropada muhojirlar bilan bog‘liq yana bir mojaroni keltirib chiqargan. Natijada qochqinlarni Ispaniya qabul qilishga rozi bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:37 / 05.03.2026
Ispaniya bosh vaziri Erondagi urushga qarshi pozitsiyasini tasdiqladi
09:36 / 05.03.2026
Ispaniya AQShning harbiy hamkorlik haqidagi bayonotlarini rad etdi
12:55 / 04.03.2026
Tramp Ispaniyaga to‘liq savdo embargosi joriy etmoqchi
08:30 / 04.03.2026