Sport | 21:53 / 17.06.2018
50770
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon chempionatida ilk sensatsiya ro‘y berdi

2018 yilgi jahon chempionatining to‘rtinchi kunida sensatsiya kuzatildi. Turnir favoritlaridan biri, amaldagi chempionlar bo‘lmish Germaniya terma jamoasi KONKAKAF vakili Meksikaga yutqazib qo‘ydi.

Moskvadagi «Lujniki» stadionida kechgan uchrashuv taqdirini birinchi bo‘lim vaqtida meksikaliklarning qarshi hujumida Losano tomonidan urilgan gol hal qildi - 1:0.

F guruhidagi ikkinchi uchrashuv Shvetsiya va Janubiy Koreya o‘rtasida 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

JCh-2018
F guruhi
Germaniya – Meksika 0:1
(0:1)
Gol: 0:1 – 35 Losano.
Germaniya – Noyyer, Boateng, Plattenxardt (Gomes, 79), Kimmix, Hummels, Xedira (Roys, 60), Kroos, O‘zil, Draksler, Verner (Brandt, 86), Myuller.
Meksika –  Ochoa, Moreno, Ayyala, Salsedo, Layyun, Errera, Galyardo, Vela (Alvares, 58), Guardado (Markes, 74), Losano (Ximenes, 66), Ernandes.
Ogohlantirishlar: Moreno (40), Myuller (83), Hummels (84).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid