Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondagi portlashda 18 kishi hayotdan ko‘z yumdi
Afg‘onistonning Pokiston bilan chegaradosh Nangarhor viloyatida 17 iyunda sodir etilgan portlash oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda Aljazeera telekanali ma'lum qildi.
Portlash oqibatida 49 kishi jarohat olgan. Viloyat vakilining aytishicha, ulardan ko‘pchiligi og‘ir ahvolda.
Ushbu portlash viloyat markazi Jalolobodda yarashuv munosabati bilan “Tolibon” va afg‘on harbiylari yig‘ilishida sodir etilgan portlashdan keyin bir kun o‘tib amalga oshirilgan. 16 iyundagi portlashda 36 kishi halok bo‘lgandi. Ushbu portlash uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
20:40 / 16.07.2026
Birodar O‘zbekiston bo‘yicha pozitsiyamiz aniq – Kobul O‘zbekiston haqidagi xabarlarni rad etdi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
10:40 / 01.07.2026
Monakodagi portlash bo‘yicha tergovda UXX nomi tilga olindi
09:25 / 30.06.2026