Jamiyat | 08:26 / 18.06.2018
8394
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston fuqarosi O‘zbekistondan 35 turdagi zargarlik buyumlarini olib chiqib ketishga urindi

Illyustrativ foto

Shu yil 24 aprel kuni o‘tkazilgan tadbirlar natijasida “Andarxon” chegara bojxona posti orqali O‘zbekiston Respublikasidan Tojikiston Respublikasiga o‘tib ketayotgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi, So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahrida yashovchi Z.O. ismli ayol tekshirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu jarayonda uning yonidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 35 turdagi zargarlik buyumlari topilib, daliliy ashyo sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid