Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh qochqinlar uchun lagerga aylanmaydi – Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning qochqinlar va noqonuniy muhojirlar uchun lagerga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi hamda mamlakatga migratsiya islohoti zarurligini ta'kidlab o‘tdi.
“AQSh muhojirlar uchun lager bo‘lmaydi va biz qochqinlarni qo‘llab-quvvatlovchi markaz bo‘lmaymiz! Bu hech qachon bo‘lmaydi! Qarang, Yevropa va boshqa joylarda nima bo‘lmoqda, biz bu yerda bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz, mening rahbarligim ostida emas”, deb aytgan Tramp koinot kengashi yig‘ilishida.
“Biz davlatimiz uchun xavfsizlikni istaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp va demokratlarni immigratsiya siyosatiga to‘sqinlik qilishda ayblagan.
“Yuz berayotgan voqea juda qayg‘ulidir... Biz buni tezda hal qilishimiz mumkin edi... Hozir bizda dunyodagi eng yomon immigratsiya qonunlari mavjud. Chegarasiz davlat – davlat emas. Bizga chegaralar va xavfsizlik zarur, biz odamlarimiz haqida qayg‘urishimiz lozim. Biz xavfsiz davlatni istamoqdamiz va bu chegaradan boshlanadi”, deb aytgan Tramp.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026