Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk bor materiyani chuqur tadqiq etishga doir yirik xalqaro konferensiya o‘tkaziladi
O‘zbekistonda ilk bor materiyani chuqur tadqiq etishga doir yirik xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda.
Manbaga ko‘ra, nufuzli anjuman kuz faslida Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkaziladi. Unda butun dunyodan olimlar, jumladan, Yevropa yadro tadqiqotlari tashkilotidan fiziklar tashrif buyuradi.
Ayni chog‘da qayd etilishicha, konferensiyani tashkil qilish masalasini ko‘rib chiqish maqsadida vakillari O‘zbekistonga kelgan Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti bilan ham hamkorlik aloqalari kengaytiriladi.
Xususan, tomonlar yadro fizikasi va texnologiyalari sohasidagi tadqiqotlar ustida birgalikda ish olib boriladi, olingan natijalardan kelgusida tibbiyot va boshqa jabhalarda foydalanish uchun qo‘shma loyihalar rivojlantiriladi.
Mavzuga oid
14:30 / 18.03.2026
Termizda O‘zbekiston–Rossiya konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
20:31 / 13.11.2025
YuNeSKO Bosh konferensiya yuqori darajada o‘tkazilgani tufayli O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi
08:05 / 30.09.2025
O‘zbekiston Aksilkorrupsiya tashabbusi a’zosiga aylandi
09:56 / 12.07.2025