Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti maslahatchisi O‘zbekiston hukumatiga gumanitar yordam uchun minnatdorlik bildirdi
Foto: TIV axborot xizmati
2018 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidentining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmarni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv boshida Muhammad Hanif Atmar qurg‘oqchilikdan jabr chekkan Afg‘oniston xalqiga ko‘rsatilgan gumanitar yordam uchun prezident Muhammad Ashraf G‘ani nomidan O‘zbekiston hukumati va xalqiga samimiy minnatdorlik izhor etdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston va mintaqa kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Prezident maslahatchisi Afg‘onistondagi vaziyat haqida batafsil ma'lumot berdi. U 2018 yil 26-27 mart kunlari Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha izchil va tizimli ishlar uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, Afg‘oniston tomoni Tashqi ishlar vazirligining 18 iyundagi Bayonotida keltirilgan tinchlik muzokaralari jarayoniga ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risidagi O‘zbekiston hukumati mavqeini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy, gumanitar, ta'lim va boshqa sohalarda davlatlararo hamkorlikning jadal rivojlanishi mamnuniyat bilan ta'kidladi va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Afg‘oniston elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ishtirok etdi.
Mavzuga oid
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:34 / 07.04.2026
Kobulda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston ilk muloqoti o‘tkazildi
00:22 / 06.04.2026
Pokiston qurolli kuchlari chegara postini egallashga uringan afg‘on askarlarini yo‘q qildi
21:22 / 03.04.2026